427
1. Y u q o r i g a k o‘ t a r i l u v c h i a o r t a (aorta ascendens) ning uzunligi
taxminan 6 sm bo‘lib, chap qorinchaning ostium aortae teshigidan boshlanadi. Piyoz
shaklida kengaygan boshlanish joyi bulbus aortae deb ataladi. Uning ichkarisida,
ya‘ni devor bilan klapanlari o‘rtasida aortaning uchta sinusi – sinus aortae bor. Aortae
ascendens to‘sh suyagining orqasida chap tomonida III qovurg‗a ro‘parasidan
perikard bilan o‘ralgan holda Yuqoriga ko‘tariladi, so‘ngra o‘ng II qovurg‗a tog‗ayi
sohasida aorta ravog‗iga o‘tadi. Yuqoriga ko‘tariluvchi
aortadan Yurak devorlariga
boruvchi ikkita qon tomiri (o‘ng va chap toj arteriyalari – a. coronariae dextra et
sinistra) chiqadi.
2. A o r t a r a v o g‗ i (arcus aortae) Yuqoriga ko‘tariluvchi aortaning davomi
bo‘lib, to‘sh suyagi dastasining orqa tomonida turadi. Aorta ravog‗ining ustki qavariq
tomonidan yelka kamari erkin, qo‘l, bo‘yin va boshni qon bilan ta‘minlovchi
uchta
yirik qon tomiri (truncus brachiocephalicus, a. carotis communis, a.
subclavia
sinistra) ravoqning pastki tomonidan kekirdak, bronxlar a. trachealis et bronchialis va
qalqonsimon bezga bir necha ingichka shoxchalar chiqadi.
3. P a s t g a t u sh u v ch i a o r t a (aorta descendens) aorta ravog‗ining davomi
bo‘lib, IV Ko‗krak umurtqasidan IV bel umurtqasigacha davom etadi.
Boshlanish qismi orqa ko‘ks oralig‗ida umurtqa pog‗onasining chap tomonida
bo‘lib, past tomonga yo‘nalgan sari asta-sekin umurtqa pog‗onasining old tomoniga
o‘tadi va Ko‗krak bo‘shlig‗idan diafragmadagi teshik (hiatus aorticus)
orqali qorin
bo‘shlig‗iga yo‘naladi. Binobarin, aorta ikki qismga bo‘linadi: birinchi qismdagi
Ko‗krak aortasi, aorta thoracica – IV Ko‗krak umurtqasining
damidan boshlanib,
diafragmagacha yoki XII Ko‗krak umurtqasigacha davom etadi. Aortaning ikkinchi
bo‘lagi, ya‘ni qorin qismi – aorta abdominalis – Ko‗krak aortasining davomi, XII
Ko‗krak umurtqasi ro‘parasidan (diafragmadan o‘tish joyidan)
boshlanib, IV–V bel
umurtqasining oralig‗igacha davom etadi va umurtqa pog‗onasining chaprog‗ida
qorin pardasining orqa tomonida joylashadi. Qorin aortasi IV–V bel umurtqalari
oldida o‘ng va chap umumiy Yonbosh arteriyasi (a. iliaca communis dextra et
sinistra) ga bo‘linadi. Aortaning ana shu ikkita umumiy
Yonbosh arteriyalariga
bo‘linish joyining qoq o‘rtasidan taraqqiyotda aortaning qoldiq qismi hisoblangan
tarmoq (a. sacralis mediana) chiqadi.
Dostları ilə paylaş: