423
YURAK NERVLARI
Yurakni muskul qavatida joylashgan o‘tkazuvchi sistemadan tashqari, to‘rtta
nerv innervatsiya qiladi. Bu nervlar I.P. Pavlovning yozishicha,
Yurak ishini
sekinlashtiradigan, tezlashtiradigan, susaytiradigan va kuchaytiradigan nervlar bo‘lib,
n. vagus va n. sympathicus ning tarkibiga kiradi. Yurakka boradigan simpatik nerv
tolalari bo‘yindagi uchta simpatik tugundan: 1) n. cardiacus cervicalis superior
ganglion cervicale superior dan; 2) n. cardiacus cervicalis medius ganglion cervicale
mediumdan va 3) n. cardiacus inferior ganglion cervicothoracicum dan boshlanadi.
Biroq Yurak nervlarining soni bo‘yin simpatik tugunlarining soniga qarab o‘zgarib
turadi, masalan, bo‘yin simpatik tuguni ikkita bo‘lsa, ikkita, to‘rtta bo‘lsa, to‘rtta
Yurak nervi chiqadi.
N. vagus dan Yurakka quyidagi tolalar boradi: 1) rami cardiaci superiores–n.
vagus ning bo‘yin qismidan va 2) rami cardiaci inferiores – n. laryngeus-recurrens
vagi dan boshlanadi.
Yurakni innervatsiya qilishda ishtirok etadigan
hamma nerv tolalari Yuza va
chuqur joylashgan chigallarni hosil qiladi:
a) Yuza joylashgan nerv chigali – plexus cardiacus superficialis aorta
ravog‗ining pastki tomoni bilan a. pulmonalis ning ikki tarmoqqa bo‘lingan qismi
orasida yotadi.
b) chuqur joylashgan nerv chigali – plexus cardiacus profundus aorta ravog‗i
bilan traxeyaning ikki tarmoqqa bo‘lingan qismi orasida joylashadi.
Yurak Yuza va chuqur nerv chigallarining bir
qismi miokard bilan epikard
orasiga tarqalsa, ikkinchi qismi Yurak arteriyalarining devori orqali plexus coronarius
dexter et sinister bo‘ylab davom etadi. Miokard bilan epikard orasidagi nerv
chigallari muskul qavatida to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan
ganglioz hujayralar va
tugunlarda tugaydi.
Dostları ilə paylaş: