Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Yurak topografiyasi 
(171). Yurak oldingi ko‘ks oralig‗ining pastida asimmetrik 
joylashgan. Uni Yuqori va orqa tomondan Yurakdan chiqqan qon tomirlar ushlab 
turadi, pastda esa Yurak diafragma pay markazining o‘rtasi bilan muskul qismi 
oldingi bo‘lagining ustki Yuzasiga tegib turadi. 
Yurak ikki Yonidan o‘pka va uni o‘rab turgan plevra xaltalariga, oldingi 
tomonda o‘pkadan tashqari, qisman V–VI qovurg‗a tog‗aylariga va to‘sh suyagiga 
tegib turadi. 
Yurakning holati hamma odamlarda bir xil bo‘lmay, balki kishining Yoshi, jinsi, 
gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bog‗liq. Bundan tashqari, diafragmaning 
nafas harakatlari Yurakning o‘z ishiga qarab ham o‘zgaradi. Jumladan, chaqaloqlarda 
Yurak Yumaloq shaklli bo‘lib, diafragma gumbazi balandroq bo‘lganidan ko‘ndalang 
va Yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni to‘sh suyagidan ancha orqa tomonga 
surib turadi. 
Keyinchalik 1–3 Yoshda Yurak ko‘ndalang vaziyatini o‘zgartiradi va katta 
odamlarda ko‘rilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. O‘rta yashar odamlarda 


425 
Yurakning uchi chap tomonda linea mamillaris sinistna dan 1 sm ichkarida, V 
qovurg‗a orasida (chaqaloqlarda III–IV qovurg‗a oralig‗ida) joylashadi. Bir Yoshga 
to‘lmagan bolalarda esa katta odamlarga qaraganda bir qovurg‗a Yuqori (IV qovurg‗a 
oralig‗i) da joylashadi. 5–7 yashar bolalardagina Yurak uchi V qovurg‗a oralig‗iga 
mos keladi. Keksa odamlarda diafragma gumbazi ancha pastga tushganligidan Yurak 
uchi VI qovurg‗a oralig‗i damida turadi. Yurakning ustki chegarasi III qovurg‗a 
tog‗ayining to‘sh suyagiga yopishadigan joyidan o‘tkazilgan gorizontal chiziqqa 
to‘g‗ri keladi. 
Yurak topografiyasi. 
1 – A. thyroidea superior; 2 – V. thyroidea superior dextra; 3 – Trachea; 4 – A. carotis 
communis dextra; 5 – Truncus brachiocephalicus; 6 – A. subclavia dextra; 7 – V. subclavia dextra; 
8 – Ostium aortae (valvae semilunares aortae); 9 – Ostium atrioventriculare dextrum (valva 
tricuspidalis); 10 – Apex cordix; 11 – Ostium atrioventriculare sinistrum (valva mitralis); 12 – 
Ostium trunci pulmonalis (valvae semilunares trunci pulmonalis); 13 – Bronchus principalis 
sinister; 14 – Truncus pulmonalis; 15 – Arcus aortae; 16 – V. brachiocephalica sinistra; 17 – 
Truncus thyrocervicalis; 18 – A. thyroidea inferior; 19 – Glandula thyroidea; 20 – V. jugularis 
interna; 21 – A. carotis externa. 
 
Yurakning o‘ng chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chekkasidan (o‘ng III va V 
qovurg‗alar ro‘parasida) 2–3 sm chetroqda bo‘ladi. Bir Yoshgacha bo‘lgan bolalarda 
Yurakning o‘ng tomondagi chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chekkasidan 1–1,5 sm 
chiqib turishi mumkin. 
Yurakning pastki chegarasi o‘ng tomondagi V qovurg‗a tog‗ayidan boshlab 
Yurak uchiga qarab boradi. 
Ikkala ostium atrioventriculare lar to‘sh suyagining o‘ng tomonidagi tog‗ayning 
birlashgan sohasiga, IV qovurg‗a chap tomondagi IV qovurg‗a tog‗aylarining to‘sh 
suyagiga yopishgan joylarini birlashtiradigan chiziqqa to‘g‗ri keladi. Aortaning 
chiqish joyi to‘sh suyagining orqa tomonida chap tomondagi III qovurg‗ani 
yopishtiradigan joyiga mos keladi. O‘pka poyasining Yurakdan chiqish joyi – ostium 
trunci pulmonalis chap tomondagi III qovurg‗aning to‘sh suyagiga birikadigan uchiga 
to‘g‗ri keladi. 
Yurak chegarasi va vaziyati odam ko‘kragining shakliga ham bog‗liq, chunonchi 
ko‘kragi keng odamlarda Yurak pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday 
konstitutsiyaga ega bo‘lgan odamlarda Yurak gorizontal holatda turadi. Keng 


426 
(uzunligi o‘rtacha bo‘lgan) Ko‗krak qafasida Yurak qiyshiq turadi. Ayollar Yuragi bir 
oz kichik bo‘lib, gorizontal joylashadi. 
Jismoniy mehnat va sport bilan ko‘proq shug‗ullanadigan odamlarda Yurakning 
hajmi birmuncha katta bo‘ladi.
Yurak anomaliyalari. Embrion rivojlanish davrida ham boshqa organlar kabi 
hamma vaqt bir xil normal taraqqiy qilmasligi mumkin. Jumladan, Yurakiing ayrim 
bo`laklari takomil etish davrida boshqa bo`limlarga qaraganda sekinroq yoki, 
aksincha, tezroq rivojlanadi. Natijada, yangi tug`ilgan bolaning Yuragida turlicha 
o`zgarishlar (anomaliyalar) paydo bo`ladi. Goho Yurakning rivojlashida septum 
interatriale (bo`lmachalar o`rtasidagi to`siq) da paydo bo`ladigan foramen ovale bola 
tug`ilganidan boshlab to umrining oxirigacha bekilmasdan qolaveradi. o`ng 
bo`lmachadan venoz qonning bir qismi chap bo`lmachaga, undan chap qorincha 
orqali organizmga tarqaladi. Natijada, qon organizmga yetarlicha oziq moddalar, 
kislorod yetkazib bera olmaydi. shunday qilib, tug`ma Yurak kasalligi paydo bo`ladi. 
Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, embrion rivojlanish davrida Yurak qorinchalari 
o`rtasida vujudga keladigan septum interventriculare ham normal o`smasdan, bir 
qismi teshik holida qolaveradi. Pirovardida Yurakning jiddiy anomaliya turi paydo 
bo`ladi.
1
Ba‘zan aorta Yurakning o`ng qorinchasidan, a. pulmonalis esa, aksincha, chap 
qorinchadan chiqadi. 
Embrion rivojlanish davrida Yurak ko`krak qafasining tashqarisiga chiqib, 
ectopia cordis ni vujudga keltiradi. Bunday tug`ilgan bolalar tirik qolmaydi.
Bundan tashqari, Yurak klapanlarida ham turlicha o`zgarishlar ro`y beradi. 
Masalan, Yurakning ikkita yoki uchta klapani o`rnig bitta yoki to`rtta klapan 
rivojlanadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin