Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Chap qorincha
– ventriculus sinister. Yurak chap qorinchasi bo‘shlig‗i konus 
shaklida bo‘lib, ikkita teshigi bor, biri chap qorincha bilan qo‘shib turadigan oval 
shaklidagi ikki tavaqa teshik – ostium atrioventriculare sinistrum bo‘lsa, ikkinchisi 
chap qorinchani aorta bilan qo‘shadigan uchta yarimoysimon klapanli teshik – ostium 
aortae dir. Atrioventrikular klapan – valva atrioventricularis sinistra (mitralis) ikki 
tavaqali bo‘lib, uni valva bicuspidalis deb ataladi. Ikki tavaqali klapanning biri 
(cuspis posterior) kichikroq bo‘lib, chap tomonda (orqaroqda), ikkinchisi (kattarog‗i) 
cuspis anterior oldinda o‘ng tomonda joylashgan. Har ikkala klapanning erkin 
chekkalari pay iplari – chordae tendineae orqali oldingi va orqa tomonda joylashgan 
so‘rg‗ichsimon ikkita muskul – musculi papillaris anterior et posterior ga birlashadi.
Aortaning uchta yarimoysimon klapani ham Yurakning boshqa yarimoysimon 
klapanlariga o‘xshab joylashgan. Ana shu klapanlarning ikkitasi – valvulae 
semilunaris dextra et sinistra oldingi tomonda, uchinchisi valvula semilunaris 
posterior aorta tomonda o‘rnashgan. Aorta klapanlari o‘pka arteriyasi klapanlariga 
qaraganda birmuncha qalin tugunchalari – noduli valvularum semilunarium aortae bir 
qadar katta va sinuslari kengroq bo‘ladi. 
Chap qorincha devorining ichki Yuzasidagi et to‘sinlari – trabeculae corneae 
o‘ng qorinchadagiga qaraganda bir oz ko‘proq va nozikroq bo‘ladi. Chap qorincha 
qisqarib aorta orqali organizmning barcha qismlariga arteriya (kislorodga boy) qonni 
yetkazib turadi. Shuning uchun bu qorincha devorining muskul qavati o‘ng qoringa 
qaraganda xiyla qalin (10–15 mm) tuzilgan. O‘ng qorincha muskul qavatining 
qalinligi 5–8 mm. 
Chap qorincha o‘ng qorinchadan ular orasida joylashgan qorinchalararo to‘siq 
(septum interventriculare) bilan ajralib turadi. Qorinchalararo to‘siqning ko‘prog‗i 
muskuldan (pars muscularis) tuzilgan bo‘lib, uning tepa bo‘lagi fibroz to‘qimadan 
(pars membranacea) iborat. Ba‘zan pars membranacea qorinchalarni butunlay 
berkitmaydi, bunda teshik qolgan holda (anomaliya) bola tug‗ilish hollari kuzatiladi. 
Bu holda tug‗ma Yurak porogi vujudga keladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin