417
joylashgan: ana shu ikkita klapanning biri medial tomonda (valva semilunaris dextra),
ikkinchisi lateral tomonda (valva semilunaris sinistra) o‘rnashgan. Yarimoysimon
klapanlar qon tomir bo‘shlig‗iga qarab (tashqaridan tikilgan cho‘ntakka o‘xshab)
joylashgan. Har bir klapanning erkin chekkasida kichkina tugunchalari noduli
valvulorum semilunarium bor. Qorincha diastolasi (bo‘shashgan) paytida qon
tomirdagi qon orqaga qaytib, klapanlarni qon bilan to‘ldiradi, shu tufayli ularni bir-
biriga yaqinlashtirib, o‘pka arteriyasi qon tomirini qorincha bo‘shlig‗idan ajratib
turadi, qon esa diastola paytida a. pulmonalis dan qorinchaga qaytib quyilmaydi.
Ayni vaqtda qorinchalar diastolasi bo‘lmachalar sistolasi (qisilish) bo‘lib, qon bo‘lma
bilan qorincha oraliq o‘rtasidagi teshik orqali qorinchalarga quyiladi. Qorinchalar
sistolasi paytida bo‘lmacha diastola holatida bo‘ladi. Ayni vaqtda uch tavaqali
klapanlar bir-biriga yaqinlashib, teshikni yopib qo‘yadi. Natijada qon bo‘lmachaga
qaytmasdan, o‘pka qon tomiriga yo‘naladi.
Dostları ilə paylaş: