Tuxumdon (ovarium, 152) bir juft bo‘lib, uzunligi 2–3 sm, qalinligi 1 sm
keladi, u bachadon naylari tagida joylashgan. Uning ichkari va tashqariga qaragan
facies medialis et lateralis ikki Yuzasi, oldingi margo mesovaricus va orqaga margo
liber qaragan ikki qirg‗og‗i tafovut qilinadi. Tuxumdonning pastki uchi extremitas
uterina lig. ovarii proprium orqali bachadonga bog‗langan bo‘lsa, tashqi Yuzasi
kichik Chanoqning Yon devoriga tegib turadi. Oldingi botiq qirg‗oqda tuxumdon
darvozasi – hylus ovarii dan tuxumdon ichiga qon tomir va venalar kiradi va
bachadonning keng boylami lig. lata uteri orqali bachadon bilan tutashadi. Tuxumdon
ikki xil – po‘stloq moddasi va ichkarida joylashgan tomirli mag‗iz moddadan
tuzilgan, bu moddada biriktiruvchi to‘qima va nervlarni ham ko‘rish mumkin.
Tuxumdon po‘stloq moddasining asosiy qismi bo‘lgan ayollar tuxum hujayralari –
ovotsitlar joylashgan. Ayollar tuxum hujayralari pufakchalar (follikulalar) ichida
joylashgan bo‘lib, 14–16 Yoshdan boshlab navbat bilan har 28 kunda bittadan
kattalashib (6 mm ga qadar) yetiladi. Natijada pufak yorilib (ovulyatsiya), ichidagi
suYuqlik qorin bo‘shlig‗iga oqadi, ovotsit esa tuxumdon ustida, bachadon nayi
shokilalarining harakati yordamida bachadon nayi ichiga uzatiladi. Ayni vaqtda
tuxum pufakchasining yorilgan joyida follikula epiteliysi hisobiga sariq tana paydo
bo‘ladi.
Follikulalarda follikulin gormoni ishlanib chiqadi. Gormon jinsiy a‘zolarning
normal rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘lishini va nerv sistemasi
qo‘zg‗alishini ta‘minlaydi.
Sariq tana (corpus luteum) ikki xil bo‘ladi. Biri chin (haqiqiy) yoki homiladorlik
sariq tanasi (corpus luteum graviditatis) bo‘lib, tuxum otalanib, homiladorlik
boshlanganda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida paydo bo‘ladi. Chin sariq tana
butun homiladorlik davrida homilaning normal rivojlanishini ta‘minlab, yangi tuxum
hujayra yetilishini to‘xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Ikkinchisi soxta sariq tana
yoki hayz sariq tanasi corpus luteum menstruationis bo‘lib, tanadan ajralgan gormon
yangi tuxum hujayraning yetilishiga ta‘sir etadi.