Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Biriktiruvchi to‟qimadan tuzilgan shilliq osti qavati



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Biriktiruvchi to‟qimadan tuzilgan shilliq osti qavati
(tunuca submucosa) 
shilliq pardada burmalar hosil bo‘lishida ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
3. 
Muskul pardasi
– tunica muscularis uch qavat joylashgan silliq muskul 
hujayralaridan iborat.
4. 
Seroz parda
– tunica serosa qovuq cho‘qqisi bilan orqa Yuzani o‘raydi. 
Qovuq pastida uchburchak shakldagi maydoncha (trigonum vesicae) mavjud. 
Maydonchadagi shilliq parda hech qachon burmalar hosil qilmaydi, chunki shilliq 
parda bevosita muskul parda bilan birikkan. Bu uchburchakning Yuqorisi ikki 
tomoniga siydik yo‘li – ostia ureteres ochilgan bo‘lsa, uning pastki qismidan siydik 
chiqaruv kanali – ostium urethrae internum yo‘nalgan. 
Erkak bilan ayolning qovug‗i topografiyasi jihatidan bir-biridan tubdan farq 
qiladi. Ayollar qovug‗ining orqasida bachadon va qin, erkaklarda esa urug‗ pufaklari 
va urug‗ chiqarish yo‘llari joylashgan. Ayollarda qovuqning ustiga bachadon 
engashib turganligi uchun qovuq cho‘qqisi yaxshi rivojlanmagan, tekis bo‘ladi. 
Qovuqning old tomonida, qovuq bilan qov suyaklari orasida ularni ajratib turuvchi 
oraliq joylashgan. Shuning uchun qovuq erkin harakat qila oladi. Qovuq siydik bilan 


392 
to‘lganda Chanoq bo‘shlig‗idan ko‘tarilib, qov birlashmasidan Yuqoriga, hatto 
kindikkacha boradi. Qovuq tubi ayollarda maxsus boylamlar bilan mahkamlangan 
bo‘lsa, erkaklarda boylamlardan tashqari prostata bezi bilan birlashgan. Shuning 
uchun erkaklar qovug‗i ayollar qovug‗iga nisbatan balandroq o‘rnashgan. 
AMALIY MASHG„ULOT №27 
Ayollar jinsiy a‟zolari.
Ayollarning ichki jinsiy a‘zolari: tuxumdon, tuxumdon 
ortiqlari, bachadon, bachadon naylari, qin. Tashqi jinsiy a‘zolar: qov dumbog‗i, katta 
va kichik jinsiy lablar, qin daxlizi, klitor. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin