Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

SIYDIK YO‟LI 
Siydik yo‟li 
(ureter, 146) ning uzunligi 30 sm atrofida bo‘lib, siydik buyrak jomi 
pelvis renalis dan qovuqqa o‘tadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. 
Siydik yo‘li joylashishiga ko‘ra ikki: qorin – pars abdominalis va Chanoq – pars 
pelvina qismlaridan iborat. Siydik yo‘li boshlanish qismida, Chanoqqa o‘tish 
chegarasida va qovuqqa kirish oldida birmuncha torayadi. Siydik yo‘lining qovuq 
devori ichidagi qismiga yashiringan qism pars intramuralis deyiladi. 
Siydik yo‘lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib tursa, old 
tomondan erkaklarda moyak arteriya va venasi bilan, ayollarda esa tuxumdon arteriya 
va venasi bilan kesishib joylashgan. O‘ng siydik yo‘li qorin bo‘shlig‗ida pastki kavak 
venasi, ko‘richak va ko‘tariluvchi chambar ichaklar bilan Yondoshgan. Chap siydik 
yo‘li esa aorta va pastga yo‘naluvchi iChakka tegib turadi. Siydik yo‘li Chanoq 
bo‘shlig‗ining boshlanishida uning devori bo‘ylab yo‘naladi, so‘ngra devordan 
uzoqlashib erkaklarda urug‗ yo‘li bilan kesishadi va qovuqqa boradi. Ayollarda 
bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesishib o‘tib, qovuq devoriga 
kiradi. 
Siydik yo‘lining devori quyidagi uch pardadan tuzilgan, ichki shilliq parda – 
tunica mucosa, o‘rta muskul parda – tunica muscularis va tashqi biriktiruvchi 
to‘qimali parda – tunica adventitia dan iborat. 
QOVUQ 
Qovuq 
(siydik pufagi vesica urinaria 146- rasm) kichik Chanoq bo‘shlig‗ida 
joylashgan, hajmi 500–700 ml bo‘lib, ichidagi siydik miqdoriga ko‘ra o‘z shaklini 
o‘zgartirib turadi. Qovuq pastida qovuq tubining keng qismi – fundus vesicae, Yuqori 
toraygan uchi – apex vesicae (cho‘qqisi) va bu ikki qism oralig‗ida qovuq tanasi – 
corpus vesicae tafovut qilinadi. 
Qovuq devori to‘rtta pardadan tuzilgan:
1. 
Ichki shilliq parda
– tunica mucosa qovuq bo‘shaganda burmalar hosil 
qiladi: siydikka to‘lganda burmalar tortishib yoziladi. Shilliq pardada shilliq 
bezchalari va limfa tugunchalari joylashgan.
2. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin