Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

HIQILDOQ 
Hiqildoq
 
(
larynx, 140
) nafas yo‘lining (burun bo‘shlig‗idan so‘ng) ikkinchi 
qismi bo‘lib, o‘zidan havo o‘tkazishidan tashqari tozalash, ilitib berish, muhofaza 
qilish, ovoz paydo qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Hiqildoq bo‘yinning o‘rta 
qismida IV–VI bo‘yin umurtqalarining old tomonida joylashgan bo‘lib, Yuqorida til 
osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kekirdakka o‘tadi. 
Hiqildoq orqa tomonda joylashgan halqumning hiqildoq qismi bilan qo‘shilib 
joylashgan. Chunki nafas sistemasi birlamchi ichak nayining old tomonidan 
rivojlanganligi sababli hazm a‘zolari sistemasi bilan nafas a‘zolari o‘zaro Yutqin va 
hiqildoqlar orqali qo‘shiladi. Shuning uchun havo Yutqin orqali hiqildoqqa o‘tadi. 
Hiqildoqni old tomondan mm. sternohyoideus, sternothyroideus, thyrohyoideus, 
omohyoideus bo‘yin fassiyasining Yuza varag‗i va traxeya oldi fassiyasi qoplagan. 


376 
Bundan tashqari, hiqildoqning old va ikki Yon tomonini qalqonsimon bezning 
bo‘laklari berkitib turadi. Hiqildoq juft va toq tog‗aylardan tuzilgan. 
T o q t o g‗ a y l a r uzuksimon tog‗ay (cartilago cricoidea), qalqonsimon tog‗ay 
(cartilago thyroidea), hiqildoq usti tog‗ayi (epiglottis s. cartilago epiglottica) dan 
iborat. 
J u f t t o g‗ a y l a r cho‘michsimon tog‗ay (cartilago arytenoideae), shoxsimon 
tog‗ay (cartilagines corniculatae) va ponasimon tog‗ay (cartilagines cuneiformes) 
lardan tuzilgan. 
U z u k s i m o n t o g‗ a y (cartilago cricoidea) gialin tog‗ayidan uzukka o‘xshab 
tuzilgan. Uning ingichkalashgan old qismida halqasi (arcus) va orqa kengaygan 
qismida plastinkasi (lamina) bor. Plastinkaning chekka Yonbosh Yuzasida 
cho‘michsimon hamda qalqonsimon tog‗aylarning Bo‗g‗im Yuzalari ko‘rinadi. 
Q a l q o n s i m o n t o g‗ a y (cartilago thyroidea) hiqildoq tog‗aylari ichida eng 
kattasi bo‘lib, gialin tog‗aydan tuzilgan. Uning ikkita yaxlit plastinkasi (lamina dextra 
et sinistra) bo‘yin old tomonida burchak hosil qilib qo‘shiladi. Bu burchak erkaklarda 
yaxshi rivojlanib bo‘rtib chiqqan bo‘lsa, Yosh bolalar va ayollarda o‘tmas burchak 
(yassiroq) shaklida bo‘ladi. 
Burchakning tepa tomonidan kesimta (incisura thyroidea superior) ko‘rinsa, 
plastinkalar orqa tomonining qirralarida tepa va pastki shoxsimon o‘siq (cornu 
superius et inferius) lar ko‘rinadi. Cornu inferius uzunroq bo‘lib, uchida uzuksimon 
tog‗ay bilan qo‘shiladigan Bo‗g‗im Yuzasi bor. Plastinkalarning tashqi Yuzasida m. 
sternothyroideus va m. thyroideus lar yopishadigan qiyshiq chiziq (linea obliqua)
ko‘rinadi. 
Hiqildoq Bo‗g‗imlari va boylamlari (orqa ko‘rinishi). 
1–epiglottis; 2–membrana thyrohyoidea; 3–lig. Thyrohyoideum laterale; 4–
cartilago corniculata; 5–lig. thyroepiglotticum; 6–processus vocalis; 7–processus 
muscularis; 8–articulatio cricoarytenoidea; 9–cornu inferius cartilaginis thyroideae; 
10–articulatio cricothyroidea; 11–cartilago cricoidea; 12–paries membranaceus 
tracheae; 13–cartilagines tracheales; 14–lig. ceratocricoideum; 15–articulatio 
cricothyroidea; 16–lig. ceratocriaideum posterius; 17–lig. cricoaryte-noideum 
posterius; 18–cartilago arytenoidea; 19–cartilago thyroidea; 20–cornu superius 
cartilaginis thyroideae; 21–cartilago tritice; 22–cornu majus ossis hyoidei. 


377 
H i q i l d o q u s t i t o g‗ a y i (epiglottis s. cartilago epiglottica) elastik 
tog‗aydan tuzilgan bo‘lib, Yuqori qismi til asosining orqa tomoniga, uning pastki 
ingichkalashgan (barg bandi – petiolis epiglottidis) qismi esa qalqonsimon tog‗ayning 
orqa Yuzasiga (hiqildoqqa kirish qismida) yopishadi. Hiqildoq usti tog‗ayi Yutish 
jaraYonida hiqildoqqa kirish teshigini yopib, ovqatning halqumdan qizilo‘ngachga 
o‘tishini ta‘minlaydi. 
B i r j u f t ch o‘ m i ch s i m o n t o g‗ a y (cartilagines arytenoideae) piramidaga 
o‘xshaydi. Uning kengaygan, pastki asosiy qismi (basis cartilaginis arytenoideae) 
uchburchak shaklli bo‘lib, uzuksimon tog‗ayning ustki Yuzasi bilan birlashadi. 
Cho‘michsimon tog‗ayning uchi (apex) Yuqoriga qarab turadi. Cho‘michsimon 
tog‗ay asosining old tomonida ovoz boylami birlashadigan ovoz o‘sig‗i (processus 
vocalis) bo‘lsa, lateral tomonida muskullar yopishadigan o‘siq (processus muscularis) 
ko‘rinadi. 
Sh o x s i m o n t o g‗ a y l a r (cartilagines corniculatae) uncha katta bo‘lmagan 
juft tog‗aydan iborat, ular shoxga o‘xshab cho‘michsimon tog‗aylar ustida 
joylashgan. 
U n ch a l i k k a t t a b o‘ l m a g a n j u f t p o n a s i m o n t o g‗ a y l a r 
(cartilagenes cuneiformes) cho‘michsimon tog‗ay bilan hiqildoq usti tog‗ayi 
oralig‗idagi burma (plica aryepiglottica) da uchraydi. 
H i q i l d o q b o y l a m l a r i . Hiqildoq tog‗aylari boylamlar yordamida o‘zaro 
Bo‗g‗im hosil qilib birlashadi. Jumladan hiqildoq til osti suyagiga lig. thyrohyoideum 
va til osti suyagining katta shoxi bilan qalqonsimon tog‗ayning shoxsimon o‘sig‗i 
orasida tortilgan o‘ng va chap boylam (ligg. thyrohyoidea lateralia) lar orqali tortilib 
turadi. Lig. thyrohyoideum medianum bilan lig. thyrohyoidea lateralia lar birgalikda 


378 
membrana thyrohyoidea deb ataladi. Hiqildoq usti tog‗ayi til osti suyagiga lig. 
hyoepiglotticum orqali va lig. thyroepiglotticum yordamida qalqonsimon tog‗ay cheti 
bilan uzuksimon tog‗ay halqasi orasida elastik toladan tuzilgan lig. cricothyroideum 
joylashgan. Bu boylamning bir qismi cho‘michsimon o‘siqqa borib yopishadi-da, lig. 
cricothyroideum bilan birga conus elasticus ni hosil qiladi. Konusning bo‘shashgan 
qismi tovush boylami (lig. vocale) deb ataladi. Tovush boylami orqada 
cho‘michsimon tog‗ayning tovush o‘sig‗iga birlashsa, old tomonda qalqonsimon 
tog‗ay burchagining ichki Yuzasiga yopishadi. Tovush boylamining medial o‘tkir 
qirrasi bo‘sh bo‘lsa, uning lateral qismi pastki tomonda conus elasticus ga o‘tib 
ketadi.
Tovush boylamlarining tepasida, ularga parallel ravishda bir juft dahliz boylami 
(lig. vestibulare) hiqildoq dahlizining pastki chegarasida joylashgan. Hiqildoq 
tog‗aylari Yuqorida keltirilgan boylamlardan tashqari, Bo‗g‗imlar orqali ham o‘zaro 
birlashadi. Jumladan cho‘michsimon tog‗ay uzuksimon tog‗ay bilan bir juft art. 
cricoarytenoideae orqali birlashadi. Bu Bo‗g‗im orqali cho‘michsimon tog‗ayda 
aylanma, yaqinlashish va uzoqlashish harakatlari sodir bo‘ladi. 
Uzuksimon tog‗ay qalqonsimon tog‗ay bilan kombinatsiyalashgan Bo‗g‗im – 
art. cricothyroidea hosil qilib birlashadi. Bunda qalqonsimon tog‗ay oldinga va 
orqaga surilib, cho‘michsimon tog‗ayga yaqinlashadi (tovush boylami bo‘shashadi) 
yoki uzoqlashib tovush boylami taranglashadi. 
H i q i l d o q m u s k u l l a r i ko‘ndalang-targ‗il (141) muskullardan tuzilgan, 
ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Ularning qisqarib tovush boylami holatini 
o‘zgartirishi natijasida o‘rtadagi yoriq kengayib torayadi. Shuning uchun hiqildoq 
muskullari funksiyalariga qarab uch guruhga: siquvchi, bo‘shashtiruvchi, tovush 
boylami holatini o‘zgartiruvchilarga bo‘linadi. Ba‘zi muskullar bir necha xil vazifani 
bajarganligi uchun ularga aralash vazifali muskullar deyiladi. 
1.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin