379
5.
Uzuksimon-cho’michsimon
tog‘aylar
o’rtasidagi
orqa
muskul
(m.
cricoarytenoides posterior) uzuksimon tog‗ay
halqasidan boshlanib, cho‘michsimon
tog‗ayning processus muscularis iga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib tovush yorig‗ini kengaytiradi.
6.
Qalqonsimon tog‘ay bilan hiqildoq usti o’rtasidagi muskul
(m. thyro-
epiglotticus) qalqonsimon tog‗ay plastinkasining ichki Yuzasidan boshlanib, hiqildoq
usti tog‗ayining Yonboshiga yopishadi. Muskulning bir qismi plica aryepiglottica ga
qo‘shiladi.
F u n k s i y a s i. Tovush boylamlarini taranglatib, hiqildoqqa kirish teshigini
kengaytiradi.
7.
Uzuksimon tog‘ay bilan qalqonsimon tog‘ay o’rtasidagi muskul
(m.
cricothyroideus) uzuksimon tog‗ay halqasidan boshlanib, qalqonsimon tog‗ay
plastinkasiga yopishadi.
F u n k s ya s i. Tovush boylamlarini taranglashtiradi.
8.
Tovush muskuli
(m. vocalis) bir juft bo‘lib, tovush burmalari bag‗rida yotadi.
Qalqonsimon tog‗ay ichki Yuzasidan boshlanib, cho‘michsimon tog‗ayning ovoz
o‘sig‗iga (processus vocalis) yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarganda tovush boylamlari bo‘shashadi.
Hiqildoqning orqa muskullari.
1–uvula; 2–radix linguae; 3–plica glossoepiglottica lateralis; 4–cornu superius
cartilaginis thyroideae; 5–m. arytenoideus transversus; 6–lamina cartilaginis
cricoideae; 7–m. cricoarytenoideus posterior; 8–cornu inferius cartilaginis thyroideae;
9–paries membranaceus tracheae; 10–m. cricothyroideus; 11–lamina
dextra
cartilaginis thyroideae (kesilgan); 12–mm. arytenoidei obliqui; 13–m. aryepiglotticus;
14–epiglottis; 15–tonsilla palatina; 16–arcus palotopharyngeus.
H i q i l d o q b o‘ sh l i g‗ i (cavitas laryngis, 142) qumsoatga o‘xshagan bo‘lib,
kirish teshigi noto‘g‗ri, oval shaklda. Hiqildoqqa kirish qismi (aditus laryngis) old
tomondan hiqildoq usti tog‗ayi qirralari bilan, orqadan cho‘michsimon tog‗ay – plica
interarytenoidea (cho‘michsimon tog‗ay oraliq burma), ikki Yonboshdan – plicae
aryepiglotticae (cho‘michsimon tog‗ay bilan hiqildoq usti tog‗ayi oraliq burma) bilan
380
chegaralanadi. Plicae aryepiglotticae tashqarisida noksimon chuqurcha (recessus
piriformes) ko‘rinib turadi.
1
Hiqildoqqa kirish teshigi pastga, hiqildoq dahliziga qadar davom etadi. Hiqildoq
dahlizi (vestibulum laryngis) tepadan hiqildoqqa kirish teshigi bilan, pastdan soxta
tovush boylamlarining burmalari (plica vestibularis) bilan chegaralangan,
uning
bag‗rida lig. vestibulare bo‘ladi. Hiqildoq dahlizi oldindan hiqildoq usti tog‗ayining
orqa Yuzasi, orqadan cho‘michsimon tog‗ay – plica interarytenoidea bilan
chegaralangan. Ikki Yonboshda plica vestibularis bilan plica aryepiglottica lar
oralig‗ida elastik parda (membrana fibroelastica laryngis) tortilgan.
Dahliz boylamlarining burmalari orasidagi yoriq (rima vestibuli)da o‘zidan
pastroqda joylashgan tovush boylamlari (lig. vocale – tovush boylami) bo‘ladi.
Dahliz burmalari bilan tovush burmalari orasida o‘ng va chap chuqurchalar (hiqildoq
qorinchasi – ventriculus laryngis) ko‘rinadi. Tovush burmalari orasida joylashgan
yoriq (rima glottidis) ning hiqildoq bo‘shlig‗idagi eng tor qismiga pardalar oraliq
qismi (pars intermembranacae) deyilsa, uning processus vocalis (cho‘michsimon
tog‗ayda) oralig‗idagi kalta qismiga tog‗aylar oraliq qismi (pars intercartilaginea)
deyiladi.
Hiqildoqning pastki kengaygan qismi (cavitas infraglottica) asta-sekin torayib,
kekirdakka qo‘shiladi.
Hiqildoqning
shilliq pardasi pushti rangli, ko‘p qatorli, kiprikli qadahsimon
hujayralar aralashgan epiteliydan iborat.
Hiqildoq bo‘shlig‗i.
1–epiglottis; 2–vestibulum laryngis; 3–cartilago thyroidea; 4–rima vestibuli; 5–
sacculus laryngis; 6–ventriculus laryngis; 7–m. vocalis; 8–rima glottidis; 9–m.
cricothyroideus; 10–glandula thyroidea; 11–trachea; 12–cavum infraglotticum; 13–
cartilago cricodea; 14–m. thyroarytenoideus; 15–plica vocalis; 16–plica vestibularis;
17–tuberculum epiglotticum; 18–membrana thyrohyoidea.
Sezuvchi nerv oxirlari hiqildoq dahlizida ayniqsa ko‘p tarqalgan.
Shu sababli
havo bilan kirgan zarrachalar, changlar yo‘talga sabab bo‘ladi. Hiqildoq faqat havo
o‘tkazish a‘zosi bo‘lib qolmasdan, tovush chiqarish a‘zosi hamdir. Nafas chiqarishda
kekirdakdan kelayotgan havo ovoz yorig‗idan o‘ta turib tovush boylamlarini titratadi,
1
Human Anatomy, Kenneth S. Saladin, USA 2014. Gray's Anatomy for Students,Drake RL Vodl W, Mitchell AWM Elsever Churchill
Livingstone, 2014
381
natijada tovush paydo bo‘ladi. Turli tovush (ovoz)larning paydo bo‘lishi havo
to‘lqinining kuchiga va tovush boylamlarining tebranish qobiliyatiga bog‗liq.
Chaqaloqlarda hiqildoq kalta va keng, qalqonsimon tog‗ay
burchagi unchalik
rivojlanmagan bo‘ladi. Bolalarda hiqildoq usti tog‗ayi Yuqoriroqda joylashganligidan
ovqat luqmasi uning ikki Yonboshidan osongina o‘tadi. Shuning uchun ular bir
vaqtning o‘zida ovqat Yutib, nafas olishlari ham mumkin. Tovush yorig‗i kattalarga
nisbatan 3 marta kalta bo‘lib, muskullari yaxshi rivojlanmagan. Bolalarning
balog‗atga yetish davridan boshlab 23–25 Yoshgacha hiqildoq tez rivojlanib
kattalashadi. Hiqildoq (shu jumladan tovush boylamlari ham) o‘g‗il bolalarda
qizlarga nisbatan tezroq kattalashadi. Yosh ulg‗aygan sari hiqildoq tog‗ayi (hiqildoq
usti tog‗ayidan tashqari) asta-sekin suyaklanib boradi. Shuning uchun qarilarda
hiqildoq tog‗aylari sinuvchan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: