Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
O‟PKA 
O‟pka 
(pulmones, Yunoncha pneumon – pnevmoniya so‘zi shundan olingan) bir 
juft bo‘lib, Ko‗krak qafasining (cavitas thoracis) ikki tomonida joylashgan. O‘ng va 
chap o‘pka o‘rtasidagi kamgakda Yurak, qon tomirlar va ko‘ks oralig‗i joylashgan. 
Har bir o‘pka (pulmo) konus shaklida bo‘lib, asosi (basis pulmonis) past tomondan 
diafragmaga tegib turadi va diafragma Yuzasi (facies diaphragmatica) deyiladi. 
O‘pkaning uchi (apex pulmonis) birinchi qovurg‗adan 3–4 sm Yuqoriroqda turadi 
yoki orqa tomondan VII bo‘yin umurtqasining ro‘parasiga to‘g‗ri keladi. O‘pkaning 
uchida unchalik botmagan o`mrov osti egati (sulcus subclavius) ko‘rinadi. 
O‘pkalarning qovurg‗alarga tegib turgan Yuza (facies costalis) va bir-biriga qarab 


383 
turgan ko‘ks oralig‗idagi medial Yuzasi (facies medialis) tafovut qilinadi. Bu 
Yuzalarning biri ikkinchisidan qirralararo chegaralanadi. Chap o‘pka old qirrasining 
(margo anterior) pastrog‗ida Yurak o‘ymasi (incisura cardiaca pulmonis sinistra) 
ko‘rinadi. O‘yma past tomondan o‘pka tilchasi (lingula pulmonis sinistra) orqali 
chegaralanadi. O‘pkalarning medial (ko‘ks oralig‗i) Yuzasida o‘pka arteriyasi, venasi 
va bronxlar kirib chiqadigan o‘pka darvozasi (hylus pulmonis) joylashgan. Ana shu 
qon va limfa tomirlari o‘zaro qo‘shilib, o‘pka ildizi (radix pulmonis) ni hosil qiladi. 
O‘ng o‘pka chuqur egatchalar (fissura interlobares) yordamida uch bo‘lakka (Yuqori, 
o‘rta va pastki), chap o‘pka esa ikki bo‘lakka (Yuqori va pastki) bo‘lingan. Ulardan 
biri Yuqorida joylashgan qiyshiq yoriq (fissura obliqua) bo‘lib, ikkala o‘pkada ham 
o‘pka uchlaridan 6–7 sm pastroqda boshlanadi va o‘pkaning diafragma Yuzasiga 
qarab qiyshiq yo‘naladi. Natijada o‘pkalar ikki bo‘lakka bo‘linadi. Bu egatdan 
tashqari o‘ng o‘pka taxminan IV qovurg‗ada joylashgan ikkinchi gorizontal yoriq 
(fissura horizontalis) bilan yana bir bo‘lakka bo‘linadi. Shunday qilib, chap o‘pka 
ikki bo‘lakka (tepa – lobus superior, pastki – lobus inferior) bo‘laklarga bo‘linadi. 
O‘ng o‘pka esa tepa (lobus superior), o‘rta (lobus medius) va pastki bo‘laklar (lobus 
inferior) dan iborat. O‘ng o‘pkaning tagida (diafragma ostida) jigar joylashgan. 
Shuning uchun o‘ng o‘pkaning eni chap o‘pkaga qaraganda kattaroq, hajmi ko‘p, 
bo‘yi esa qisqaroq bo‘ladi. O‘ng va chap o‘pka o‘n segmentdan iborat. Segment 
hajmi 0,5–1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan segmentlar esa bo‘lakchalardan tashkil 
topgan. Bu bo‘lakchalar bir-biridan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan devorcha va 
qon tomir bilan ajralib turadi. Bo‘lakchalararo devorchalar nafas olishda 
bo‘lakchalarning harakatchan bo‘lishini ta‘minlab turadi. 
B r o n x l a r n i n g b o‘ l i n i s h i (144). Asosiy bronxlar (bronchus 
principialis) o‘ng va chap o‘pkalar darvozasidan kirib, daraxt shoxi kabi o‘pka 
bo‘laklari (bronchi lobares) tarmoqlariga bo‘linadi. O‘ng o‘pkaga kirgan bronx uch 
bo‘lakka bo‘linadi. Bularning bittasi o‘pka Yuqori bo‘lagiga, ikkinchisi o‘rta 
bo‘lagiga va uchinchisi pastki o‘pka bo‘lagiga yo‘naladi. Chap o‘pkaga kirgan bronx 
ikki bo‘lak bronx tarmog‗ini beradi. Ularning bittasi o‘pkaning Yuqori bo‘lagiga, 
ikkinchisi pastki bo‘lagiga kiradi.
Bo‘lak bronxlar (diametri 1 mm gacha shoxlanib) o‘z navbatida segment bronx 
(bronchi segmentales) larga bo‘linadi. O‘pka tashqarisidagi bronxlar devorida halqa 
shaklida tog‗aylar joylashgan. Bo‘lak bronxlarning o‘pka ichidagi skeleti esa panja 
shaklli tog‗aylardan iborat. O‘pka segment bronxlari va ularning tarmoqlarida 
tog‗aylar alohida bo‘laklar shaklida joylashgan bo‘ladi. Segment bronxlar 8 marta 
bo‘linib, o‘pka bo‘lakchalari (bronchus lobularis) bronxlarini beradi. Bronxlarda 
muskul qavat aylanma shaklda joylashgan. 
Bo‘lak bronxlar ikkala o‘pkada taxminan 1000 taga yaqin bo‘ladi. O‘pka 
bo‘lakchalarining ichida bo‘lak bronxlarning har bittasi diametri 0,3–0,5 mm bo‘lgan 
12–16 tadan oxirgi (chegara) bronx (bronchioli terminales) larga tarqaladi. Oxirgi 
bronxlardan boshlab eng katta (asosiy) bronxlar yig‗indisi bronxlar daraxtini hosil 
qiladi. Bronxlar daraxti nafas yo‘li hisoblanadi. Chegara bronxchalar devorida tog‗ay 
plastinkalar va shilliq bezlar uchramaydi. 
Har bir chegara bronx o‘z navbatida ikkita nafas bronxiolasi (bronchioli 
respiratorii) ga bo‘linadi. Nafas bronxiolasi torayib nafas naychasi (ductuli 


384 
alveolares) ga, u esa kengayib, nafas pufakchalari (sacculi alveolares) alveolalariga 
aylanadi.
Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi pufakchalari va alveolasi 
qo‘shilib, uzum boshi shaklidagi o‘pkaning struktura va funksional birligi – atsinus 
(acinus) yoki alveolalar daraxtini hosilqiladi. 12–18 atsinus birgalikda o‘pka 
bo‘lakchasini (lobulus pulmonis primarius), bir necha bo‘lakchalar qo‘shilib, o‘pka 
segmentini hosil qiladi. 
O‘pka segmentlari o‘zaro qo‘shilib, o‘pka bo‘lagini, o‘pka bo‘laklari o‘pkani 
hosil qiladi. O‘pkalarda 800 000 atsinus yoki 300–500 mln. alveola bo‘ladi. Ular 
sathi 30–100 m2. O‘pka bronxlari havo almashish jaraYonidan tashqari, organizmda 
suv, tuz va xlor miqdori bir me‘yorda saqlanishiga ham yordam beradi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin