Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

JIGAR 
Jigar 
(hepar) qorin bo‘shlig‗ining Yuqori qismida joylashib, tepa Yuzasi 
(facieas diaphragmatica) diafragmaga ga tegib turadi. Jigarning ko‘p qismi o‘ng 
qovurg‗a osti sohasida joylashgan. Jigarning diafragmaga qaragan Yuzasida 
o‘roqsimon boylam – lig. falciforme bo‘lib, u jigarni teng bo‘lmagan o‘ng – lobus 
hepatis dexter (katta) va kichik chap – lobus hepatis sinister bo‘laklarga bo‘lib turadi. 
Jigar organizmdagi hazm bezlarining kattasi bo‘lib, og‗irligi 1500 g gacha boradi.
 
 
 
Jigar (tepa Yuzasi). 
1–lig. coronarium hepatis; 2–diaphragma; 3–lig. triangulare dextrum; 4–lobus 
dexter; 5–vesica fellea (fundus); 6–margo inferior; 7–incisura lig. teretis; 8–lig. teres 
hepatis; 9–lig. falciforme hepatis; 10–lobus sinister; 11–appendix fibrosa hepatis; 12–
lig. triangulare sinistrum. 


365 
 
Normal holatdagi jigarning pastki qirg‗og‗i – margo inferior qovurg‗a 
ravog‗idan tashqariga chiqmaydi. Jigarning pastki Yuzasi – facies inferior (visceralis) 
bir oz orqaga qaragan bo‘lib, unda parallel joylashgan chap va o‘ng sagittal chuqur 
egat (fossa sagittalis dextra va fossa sagittalis sinistra) hamda ular o‘rtasida 
ko‘ndalang joylashgan (porta hepatis) egatlar bor. Bu egatlar jigarning pastki 
Yuzasini o‘ng, chap, kvadratsimon – lobus quadratus va dumsimon lobus caudatus 
bo‘laklarga ajratadi. O‘ng sagittal egatning oldingi qismida o‘t pufagi – fossa vesicae 
fellea, orqa qismida esa pastki kavak vena egati – sulcus venae cavae inferior 
joylashgan. Chap sagittal egatning old qismida (kindik venasi qoldig‗i) jigarning 
dumaloq boylami – lig. teres hepatis, orqa qismida esa (embrion davridagi vena 
tomirining qoldig‗i) vena boylami – lig. venosum joylashgan. Ko‘ndalang egat jigar 
darvozasi – porta hepatis hisoblanib, undan jigarning darvoza venasi – v. portae, jigar 
arteriyasi – a. hepatica propria, o‘t yo‘li – ductus choledochus, limfa tomirlari va 
nervlar o‘tadi. Jigarning pastki Yuzasi me‘daga (impressio gastrica), yo‘g‗on 
ichakning o‘ng burilish qismi ko‘ndalang chambar iChakka, o‘ng buyrak usti beziga 
(impressio colica) va intestinum duodenum ga (impressio duodenalis) tegib turadi. 
O‘tkir qirra – margo inferior jigarning pastki Yuzasini Yuqori Yuzadan ajratib turadi. 
Jigarning orqa Yuzasida qizilo‘ngach izi (impressio oesophagea) uchraydi. Jigarning 
Yuqori chegarasi diafragma gumbazining pastki Yuzasiga, ya‘ni IV qovurg‗a 
ravog‗iga to‘g‗ri keladi, so‘ng chap tomonda Yuqoriga ko‘tarilib, VII–VIII 
qovurg‗alarning tog‗aylari birikkan joyga yetadi. Jigarning orqa tomonidan boshqa 
hamma qismi (mezoperitoneal) qorin parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Qorin parda 
jigardan qo‘shni a‘zolarga boylamlar hosil qilib o‘tadi. Jumladan qorin pardaning 
jigardan o‘n ikki barmoq iChakka o‘tishida jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami – lig. 
hepatoduodenale, jigar bilan me‘da o‘rtasida jigar-me‘da boylamlari – 
lig.hepatogastricum hosil bo‘ladi. Jigar bilan diafragma o‘rtasida toj boylam – 
lig.coranarium hepatis va uning ikki uchida chap va o‘ng uchburchakli boylamlar 
lig.triangulare dextrum et sinistrum jigarni ko‘tarib turadi. 


366 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin