Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №22 
Jigar. Me‟da osti bezi. Taloq. 
Jigar -uning ichki tuzilishi, topografiyasi . O‗t pufagi, 
tuzilishi va faoliyati, o‗t yo‗llari. Me‘da osti bezi: boshi, tanasi, dumi, nayi, 
bo‗lakchasi. Taloqning tuzilishi. 
Me‟da osti bezi 
(pancreas, 129) me‘daning orqa sohasida I–II bel umurtqalari 
qarshisida ko‘ndalang joylashgan. Me‘da osti bezi og‗irligi 70–90 g bo‘lib, uch qism 
(bosh, tana va dum) dan iborat: boshi – caput pancreatis ilgaksimon o‘simtasi 
(processus uncinatus) bilan, tanasi – corpus pancreatis va dumi – cauda pancreatis. 
Bezning bosh qismini o‘rab olgan o‘n ikki barmoq ichak taqa shaklida joylashgan. 
Bezning bosh va tana qismlari chegarasida kemtik – incisura pancreatis bo‘lib, u 
yerdan Yuqori ichak tutqich arteriya va venasi o‘tadi. Me‘da osti bezining tanasi uch 
qirrali prizmani eslatadi va unda uchta Yuza tafovut qilinadi: oldingi Yuzasi – facies 
anterior botiq bo‘lib me‘daga tegib turadi, orqa Yuzasi – facies posterior qorin 
bo‘shlig‗ining orqa devoriga yopishgan, pastki Yuzasi – facies inferior pastga 
qaragan. Bu Yuzalar uchta qirra – margo superior, anterior va inferior yordamida 
o‘zaro ajralgan. Bez tanasining orqa tomonidan aorta va pastki kavak venasi o‘tadi.
Bezning dumi tanasining bevosita davomi bo‘lib, asta-sekin ingichkalashadi va 
taloq darvozasigacha boradi. Me‘da osti bezi qorin pardadan tashqarida 
(ekstraperitoneal) yotadi.
Me‘da osti bezi murakkab tuzilgan, chiqaruv nayi (ductus pancreaticus) ko‘p 
tarmoqlangan bezlarga kiradi, ishlab chiqaradigan mahsuloti jihatidan oqsil bezlariga 


364 
mansub. Me‘da osti bezining shirasi ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan rangsiz 
suYuqlikdir. Shira chiqaruv nayi orqali o‘n ikki barmoq ichakning pastga yo‘naluvchi 
qismiga quyiladi va oqsil, yog‗, uglevodlarni parchalab shimilishida bevosita 
qatnashadi. Me‘da osti bezi shirasi ovqat yeyila boshlagandan so‘ng 2–4 minut 
o‘tgach, ajralib chiqa boshlaydi. Uning ichki sekretsiya gormoni – insulin, me‘da osti 
bezining tana va dum bo‘laklari tarkibida joylashgan maxsus hujayralar (pankreatik 
Langergans orolchasi)da ajralib, qonga shimiladi. Insulin qon tarkibida (organizmda) 
qand miqdorini bir me‘yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi 
qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin