362
ko‘ndalangiga yo‘nalib chap tomonga o‘tganda, chap burilish (flexura coli sinistra)ni
hosil qilib, quyi tushuvchi chambar iChakka o‘tib ketadi. Ko‘ndalang chambar ichak
tutqich – mesocolon transversum (intraperitoneal) orqali qorin devoriga yopishadi,
uning old tomonida katta charvi osilib yotadi.
Ko‘ndalang chambar ichakning orqa tomonida o‘n
ikki barmoq ichak bilan
me‘da osti bezi joylashgan bo‘lsa, oldingi Yuzasi me‘da va ko‗ndalang chambar
ichak tutqichi dan tuzilgan boylam (lig. gastrocolicum) bilan o‘zaro tutashib turadi.
Ko‘ndalang chambar ichakning ustida o‘ng
tomonda jigar, chap tomonda taloq,
pastida – ingichka ichak qovuzloqlari joylashgan.
Tushuvchi chambar ichak
(colon descendens) chap
burilishidan boshlangan
yo‘g‗on ichakning bu qismi, qorin orqa devorining chap tomoni bo‘ylab yo‘naladi va
chap Yonbosh chuqurchaga borganda ―S‖ simon iChakka o‘tadi. Ichakning orqa
tomoni belning kvadrat va ko‘ndalang
muskullari, chap buyrakning quyi qismiga
tegib tursa, medial
tomondan ingichka iChakka, oldingi tomoni bevosita qorinning
oldingi devoriga, chap tomondan qorinning chap devoriga Yondashib turadi.
Dostları ilə paylaş: