Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Ko‟tariluvchi chambar ichak
(colon ascendens) ko‘richakning davomi bo‘lib, 
tikka yo‘naladi va o‘ng qovurg‗a osti sohasida jigarning pastki Yuzasiga burilib, 
flexura coli dextra ni hosil qilgan holda ko‘ndalang chambar iChakka o‘tadi. 
Ko‘tariluvchi chambar ichakning old va ikki Yonbosh qismini qorin parda o‘raydi. 
Uning orqa Yuzasi ochiq qoladi (mezoperitoneal), Yonbosh muskuli bilan belning 
kvadrat muskuliga va o‘ng buyrakka tegib joylashadi. Uning orqa
Yuzasi belning 
katta muskuliga, oldingi Yuzasi qorinning oldingi devoriga, lateral Yuzasi qorinning 
o‘ng devoriga, medial Yuzasi ingichka ichak qovuzloqlariga tegib joylashgan. 
Ko‟ndalang chambar ichak
(colon transversum) ko‘tariluvchi chambar 
ichakning burilgan qismidan keyingi davomidir. Ko‘ndalang chambar ichak 


362 
ko‘ndalangiga yo‘nalib chap tomonga o‘tganda, chap burilish (flexura coli sinistra)ni 
hosil qilib, quyi tushuvchi chambar iChakka o‘tib ketadi. Ko‘ndalang chambar ichak 
tutqich – mesocolon transversum (intraperitoneal) orqali qorin devoriga yopishadi, 
uning old tomonida katta charvi osilib yotadi. 
Ko‘ndalang chambar ichakning orqa tomonida o‘n ikki barmoq ichak bilan 
me‘da osti bezi joylashgan bo‘lsa, oldingi Yuzasi me‘da va ko‗ndalang chambar 
ichak tutqichi dan tuzilgan boylam (lig. gastrocolicum) bilan o‘zaro tutashib turadi. 
Ko‘ndalang chambar ichakning ustida o‘ng tomonda jigar, chap tomonda taloq, 
pastida – ingichka ichak qovuzloqlari joylashgan. 
Tushuvchi chambar ichak
(colon descendens) chap burilishidan boshlangan 
yo‘g‗on ichakning bu qismi, qorin orqa devorining chap tomoni bo‘ylab yo‘naladi va 
chap Yonbosh chuqurchaga borganda ―S‖ simon iChakka o‘tadi. Ichakning orqa 
tomoni belning kvadrat va ko‘ndalang muskullari, chap buyrakning quyi qismiga 
tegib tursa, medial tomondan ingichka iChakka, oldingi tomoni bevosita qorinning 
oldingi devoriga, chap tomondan qorinning chap devoriga Yondashib turadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin