Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
Och ichak 
– intestinum jejunum va 
Yonbosh ichak 
– intestinum ileum qorin 
bo‘shlig‗ining pastki qismini egallagan. Och ichak qorin bo‘shlig‗ining pastki qavati 


358 
chap qismini ishg‗ol qilsa, Yonbosh ichak qorin bo‘shlig‗ining pastki (Yonbosh 
suyak bo‘shlig‗i sohasi) qismida joylashgan. Och ichak (chegarasiz) bevosita 
Yonbosh iChakka o‘tadi. 
129.
Me‘da osti bezi va o‘n ikki barmoq ichak. 
1–pylorus; 2–pars superior duodeni; 3–flexura duodeni superior; 4–ductus 
pancreaticus accessorius; 5–pars descendens duodeni; 6–plica longitudenalis duodeni; 
7–papilla duodeni major; 8–papilla duodeni minor; 9–plicae circulares; 10–pars 
horizontales duodeni; 11–processus uncinatus; 12–pars ascendens duodeni; 13–v. 
mesenterica superior; 14–a. mesenterica superior; 15–flexura duodenojejunalis; 16–
cauda pancreatis; 17–ductus pancreaticus; 18–corpus pancreatis. 
130.
Vorsinka (so‘r-g‗ich)lar sxemasi.
1–epiteliy; 2–markaziy limfatik kapillyar; 3–limfa follikulalari; 4–limfa va qon 
tomirlar chigali; 5–qon tomir kapillyarlar to‘ri; 6–qadahsimon hujayralar. 


359 
Ingichka ichak devori quyidagi pardalardan tuzilgan: 1) shilliq parda – tunica 
mucosa va uning shilliq osti qavati – tela submucosa; 2) muskul parda – tunica 
muscularis; 3) seroz parda – tunica serosa. 
Shilliq parda ichakning eng ichkarisida joylashgan bo‘lib, shilliq osti qavati 
tufayli harakatchan bo‘ladi va ko‘ndalang burmalar hosil qiladi. Shilliq parda 
Yuzasida taxminan 4 mln ga yaqin vorsinkalar (so‘rg‗ichlar) – villi intestinales 
mavjud. Vorsinkalar va ular ostidagi o‘raga o‘xshash chuqurchalar, kriptalar silindrik 
hoshiyali epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, unda juda ko‘p mikrovorsinkalar tutadi. 
Ovqat moddalari shular orqali shimiladi va vorsinkalar ichidagi qon hamda limfa 
tomirlariga so‘riladi. Ingichka ichakning shilliq pardasida shilliq ishlovchi 
qadahsimon hujayralar va ichak shirasini chiqaruvchi hujayralar joylashgan. Bundan 
tashqari, yakka-yakka folliculi lymphatici solitarii yoki g‗uj-g‗uj – folliculi 
lymphatici agregati joylashgan limfa tugunlari ham bo‘ladi. Shilliq osti qavati muskul 
pardani shilliq qavati bilan biriktirib turadi, u biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. 
Shilliq osti qavatida qon tomir va nerv chigallari ko‘p joylashgan. 
Muskul parda silliq muskul hujayralaridan tashkil topgan tolalardan tuzilgan 
bo‘lib, tashqi qavati uzunasiga, ichki qavati esa aylanasiga ketgan tolalardan iborat. 
Seroz parda qorin(peritoneum) ning bir qismi bo‘lib, ichaklarni eng ustki tomonidan 
o‘rab turadi. Jumladan o‘n ikki barmoq ichakning ko‘pchilik qismini faqat old 
tomondan o‘rasa, och va Yonbosh ichaklarni chor-atrofdan o‘rab, ichak tutqichi – 
mesenterium ni hosil qiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin