Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

INGICHKA ICHAK 
Ingichka ichak 
(intestinum tenuae) qorin bo‘shlig‗ida me‘daning chiqish 
qismidan boshlanadi, uzunligi 5–6 m gacha boradi. 
Ingichka ichak uch qismdan iborat: 
1.
O‟n ikki barmoq ichak 
–intestinum duodenum, ingichka ichakning 
boshlang‗ich qismi bo‘lib, uzunligi 25–30 sm yoki o‘n ikkita barmoqning 
ko‘ndalangiga teng. 
2.
Och ichak 
– intestinum jejunum o‘n ikki barmoq ichakning davomi bo‘lib, 
ingichka ichakning 3/5 qismini tashkil qiladi.
 
3.
 Yonbosh ichak 
– intestinum ileum ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil 
qiladi.
 
O‟n ikki barmoq ichak 
– intestinum duodenum qorin devorining orqa qismida 
I–III bel umurtqalari ro‘parasida taqa shaklida joylashgan. Ichak me‘daning chiqish 
joyidan boshlanib, ingichka iChakka qo‘shilib ketadi. Uning halqasiga me‘da osti 
bezining bosh qismi kirib turadi. O‘n ikki barmoq ichak to‘rt qismga bo‘linadi: 
1. U s t k i k o‘ n d a l a n g q i s m i – pars superior me‘daninng pilorik 
qismidan boshlanadi, I bel umurtqasi ro‘parasida (o‘ng tomonda) tepa burilish 
(flexura duodeni superior) hosil qilib (uzunligi 3–5 sm) ikkinchi qismga o‘tadi. Pars 
superior orqasida darvoza venasi, umumiy o‘t yo‘li va jigarning kvadrat bo‘lagi 
joylashgan. 
2. Q u y i t u sh u v ch i q i s m i – pars descendens II–IV bel umurtqalari 
tanasining o‘ng Yonboshidan pastga yo‘nalib, pastki burilish (flexura dudeni inferior) 
ni hosil qilib uchinchi qismga o‘tadi.
 
Pars descendens qismining uzunligi 8–10 sm bo‘lib, orqasidan o‘ng buyrak va 
umumiy o‘t yo‘li o‘tsa, old tomonidan ko‘ndalang-chambar ichak charvisi kesib 
o‘tadi. 
3. P a s t d a g i k o‘ n d a l a n g q i s m i – pars horizontalis III–IV umurtqalar 
tanasining old tomonidan chap tomonga o‘tadi. 
4. K o‘ t a r i l u v c h i q i s m i – pars ascendens uchinchi qismdan boshlanib, 
bel umurtqalarining chap Yonboshidan Yuqoriga, II bel umurtqasi ro‘parasiga 
borganda o‘n ikki barmoq ichak-och ichak bukilmasini – flexura duodenojejunalis ni 
hosil qilib, och iChakka o‘tadi. Ko‘tariluvchi qismning orqa tomonida qorin aortasi, 
uning gorizontal qismi bilan birikuvchi qismida esa Yuqori ichak tutqich arteriyasi va 
venasi joylashgan. 
O‘n ikki barmoq ichakning quyi tushuvchi qismiga me‘da osti bezi yo‘li hamda 
umumiy o‘t yo‘li qo‘shiladi va shilliq pardada so‘rg‗ich (papilla duodeni major) hosil 
qiladi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin