361
Ko‘richakning orqa tomoni Yonbosh va katta bel muskullari ustida joylashgan
bo‘lib, old tomondan qorin oldingi devorining ichki Yuzasiga tegib turadi.
Qorin
parda ko‘pincha ko‘richakni hamma tomondan (10 foiz odamlarda qorin parda
ko‘richakni uchta tomondangina o‘raydi) o‘raganiga
qaramasdan, uning ichak
tutqichi bo‘lmaydi. Odamda ko‘richakning joylashishi turlicha bo‘lib,
u pastda,
kichik Chanoqqa kirish qismida, yoki Yuqorida, oldingi Yonbosh o‘tkir o‘simtasidan
Yuqorida bo‘lishi mumkin. Ko‘richakning orqa medial sirtida chambar ichakning
uchchala tasmalari bir nuqtaga yig‗iladi va xuddi
shu yerdan chuvalchangsimon
o‘simta boshlanadi.
Ko‘richakning pastki Yuzasidan chuvalchangsimon o‘simta (appendix
vermiformis) o‘sib chiqqan. O‘simta 3–6, ba‘zida esa 18–20 sm bo‘ladi. Devori 0,5–1
sm, ichi esa juda tor (3–4 mm) tuzilgan, u ko‘richak bo‘shlig‗idan
shilliq qavatdan
tuzilgan burma orqali ajralgan. Chuvalchangsimon o‘simta, odatda, kichik Chanoq
bo‘shlig‗iga osilgan holatda joylashgan. Ba‘zan o‘simta ko‘richakning orqa tomonida
uchi tepaga qarab joylashgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: