347
1. Engak-til osti muskuli – m. genioglossus pastki jag‗
suyagining engak
o‘simtasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib tilni pastga va orqaga
tortadi(123).
2. Til osti-til muskuli – m. hyoglossus til osti suyagidan boshlanib, tilning Yon
tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi(123).
3. Bigiz-til muskuli – m. stylogossus Chakka suyagining bigizsimon o‘sig‗idan
boshlanib, tilning Yonboshiga tutashadi.
Muskul qisqarib, tilni Yuqoriga va orqaga
tortadi(123).
Til va halqum muskullari.
1–m. tensor veli palatini; 2–lamina lateralis processus pterygoidei; 3–m. levator
veli palatini; 4–m.
constrictor pharyngis superior; 5–m. stylopharyngeus; 6–lig.
stylohyoideum; 7–m. hyoglossus; 8–m. constrictor pharyngis medius; 9–membrana
thyrohyoidea; 10–m.
constrictor pharyngis inferior; 11–esophagus; 12–trachea; 13–
m. cricothyroideus (pars obliqua); 14–m. cricothyroideus (pars recta); 15–cartilago
thyroidea; 16–m. thyrohyoideus; 17–os hyoideum; 18–m. geniohyoideus; 19–
mandibula; 20–m. genioglossus; 21–m.
longitudinalis inferior; 22–lingua; 23–
maxilla; 24–m. buccinator; 25–m. styloglosus; 26–tuber maxillae.
348
Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan. Bu holat tilda ustki va
pastki bo‘ylama muskul m. longitudinalis superior et inferior, ko‘ndalang (m.
transversus) va tikka yo‘nalgan (m. verticalis) muskullar borligini ko‘rsatadi. Bu
muskul tolalari o‘zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga
burilib, o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega.
Tilning muskullari ensa
miotomlaridan rivojlanganligi sababli bitta – til osti nervi – n. hypoglossus (XII juft)
hisobiga innervatsiya qilinadi.
SO‟LAK BEZLARI
Og‗iz bo‘shlig‗ining shilliq qavatida turli hajmda juda ko‘p so‘lak bezlari
joylashgan. Ular til, lab, lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Shuningdek, katta
hajmdagi uch juft so‘lak bezlari og‗iz bo‘shlig‗i atrofida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: