Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

 
121.
Doimiy tishlar. 
A–Yuqori jag‗ tishlari. 
B–pastki jag‗ tishlari. 1–medial kurak tish (og‗iz dahliziga qaragan Yuzasi); 2–
medial kurak tish (chaynov-kesuvchi qirrasi); 3–lateral kurak tish (og‗iz dahliziga 
qaragan Yuzasi); 4–lateral kurak tish (chaynov-kesuvchi qirrasi); 5–qoziq tish (og‗iz 
dahliziga qaragan Yuzasi); 6–qoziq tish (chaynov-kesuvchi qirrasi); 7–I kichik oziq 
tish (og‗iz dahliziga qaragan Yuzasi); 8–I kichik oziq tish (chaynov Yuzasi); 9–II 
kichik oziq tish (og‗iz dahliziga qaragan Yuzasi); 10–II kichik oziq tish (chaynov 
Yuzasi); 11–I katta oziq tish (og‗iz dahliziga qaragan Yuzasi); 12–I katta oziq tish 
(chaynov Yuzasi); 13–II katta oziq tish (og‗iz dahliziga qaragan Yuzasi); 14–II katta 
oziq tish (chaynov Yuzasi); 15–16–III katta oziq tish (chaynov Yuzasi). 
Odamlarda tishlar ikki marta (ba‘zida uch marta) almashinadi. Bolalarda sut 
tishlari – dentes decidui 6–7 oyligidan boshlab birin-ketin chiqa boshlaydi va bola 2–


343 
2,5 Yoshga to‘lganda (ba‘zida bundan ham kechroq) butunlay chiqib bo‘ladi. Sut 
tishi 20 ta bo‘lib, 6–7 Yoshga qadar turadi. Sut tishlarining formulasi quyidagicha: 
2 0 1 2 2 1 0 2 
2 0 1 2 2 1 0 2 
Markazdan chetga qarab sanalganda ikkita kurak (dentes incisivi) tish 6–9 
oylikda chiqadi. Bitta qoziq tish (dentes canini) 16–20 oylikda chiqadi, ikkita katta 
oziq tishlar (dentes molares) 15–30 oyda chiqadi. Sut tishlari nozik va kichik bo‘lib, 
unchalik mustahkam joylashmagan. Yosh bolalarda kichik oziq tishlar (dentes 
premolares) bo‘lmaydi, 6–7 Yoshdan boshlab doimiy tishlar chiqa boshlaydi (121). 
Doimiy tishlar – dentes permanentes formulasi: 
3 2 1 2 2 1 2 3 
3 2 1 2 2 1 2 3 
ikkita kesuvchi – kurak (dentes incisivi) tish –8–9 Yoshda chiqadi, bitta qoziq 
tish (dentes caninus) 11–13 Yoshda chiqadi, ikkita kichik oziq tish (dentes 
premolares) 10–15 Yoshda chiqadi, uchta katta oziq tish – bulardan birinchisi va 
ikkinchisi (dentes molares) 7–13 Yoshda, uchinchisi (aql tishlar) dens serotinus 18–
25 Yoshda chiqadi. Aql tishi ba‘zida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq chiqishi yoki 
butunlay chiqmasligi ham mumkin. Og‗iz Yumilganda Yuqori va pastki jag‗dagi 
tishlarning chaynov Yuzalari bir-biriga yaqinlashadi. Jumladan katta va kichik oziq 
tishlarning chaynov Yuzalari bir-biriga tegib tursa, Yuqori tishlar (Yuqori jag‗ 
suyagining ravog‗i kengroq bo‘lgandan) pastki jag‗dagi kurak tishlarning oldiga 
o‘tadi. Bundan tashqari, Yuqori jag‗dagi oldingi tishlar til tomonga qarab yo‘nalgan 
bo‘ladi. 
Har bir tish u ch q i s m d a n iborat: uning og‗iz bo‘shlig‗iga o‘sib chiqqan toj 
qismi (corona dentis), jag‗ suyaklarining tish katakchalariga joylashib turgan tish 
ildizi (radix dentis) va bu ikki qism o‘rtasida bir oz toraygan (chegara) joyi – tish 
bo‘yinchasi (collum dentis) mavjud. Tishlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra suyakka yaqin, 
lekin juda zich tuzilgan. Tish toj qismining asosi dentin (dentinum) moddadan 
tuzilgan bo‘lib, ustini eng mustahkam modda – emal (enamelum) o‘rab turadi. 
Emalning ust tomoni juda Yupqa, shoxsimon kutikula pardasi bilan qoplangan. Bu 
parda emalni yemirilishdan saqlaydi.
Tishning bo‘yinchasi va ildizi sement (cementum) moddasidan tuzilgan. Tish 
ildizining uchidagi teshik orqali tish ildizi kanaliga va toj qismida joylashgan bo‘shliq 
(cavitas dentis pulposus) ga o‘tiladi. Bo‘shliqda tishning biriktiruvchi to‘qimadan 
tuzilgan Yumshoq qismi – pulpa (pulpa dentis) joylashgan. Tish bo‘shlig‗i va kanali 
(canalis radicis dentis) tish teshigi (foramen apicis dentis) bilan tugaydi. Bu teshik va 
kanal orqali qon tomir va nervlar pulpaga boradi. 
Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o‘ralib mustahkamlanadi. 
Tishning toj qismi milk ustida joylashgan bo‘lib, uning bo‘yin qismini milk 
o‘rab turadi. Tishlarning ildizi alveolyar chuqurlikda joylashgan, ularning uchida 


344 
kichik teshik – foramen apicis radicis borligini ko‘rish mumkin. Tishning ildizi 
alveolyar chuqurchalarni hosil qiluvchi suyak bilan mahkam bog‗langan, bu fibroz 
tolalar periodont (periodontium) deb ataladi. Tish, periodont, alveola devori va milk 
birgalikda tish a‘zosi deyiladi. 
Tishni tashkil qiluvchi qattiq va Yumshoq to‘qimalarga quyidagilar kiradi:
1) 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin