1.Tanglay-halqum muskuli – m. palatopharyngeus Yumshoq tanglay va
qanotsimon o‘siq ilgagidan boshlanib, shu nomli ravoq tarkibida joylashadi hamda
qalqonsimon tog‗ay va halqum devoriga birikadi. Bu muskul tanglay chodirini pastga
tortadi.
2. Tanglay-til muskuli (m. palatoglossus) Yumshoq tanglayning pastki sirtidan
boshlanib, shu nomli ravoq tarkibida, tilning Yon tomonlariga birikkan holda til
ko‘ndalang muskullari tolalariga qo‘shilib ketadi. Bu muskul qisqarganda tanglay
chodiri pastga tortiladi va halqumga o‘tish teshigi kichrayadi.
3. Tanglay chodirini ko‟taruvchi muskul – m. levator veli palatini bosh
suyakning asosi, eshituv nayidan boshlanib, Yumshoq tanglayga yo‘naladi va tanglay
chodirini ko‘taradi.
4. Tanglay chodirini taranglovchi muskul – m. tensor veli palatini eshituv
nayidan boshlanib, vertikal yo‘naladi va hamulus processus pterygoidei ni aylanib
o‘tib, Yumshoq tanglay aponevroziga birikib ketadi. Bu muskul ko‘ndalang
yo‘nalishda tanglay chodirini taranglaydi.
5. Tilcha muskuli –m. uvulae tanglay suyagining spina nasalis posterior idan
boshlanib, tilchani kattalashtiradi.
Og‗iz bo‘shlig‗idan halqumga o‘tish joyida – bo‘g‗iz teshik (tomoq) – fauces
bo‘lib, Yuqoridan Yumshoq tanglay chodiri, ikki Yon tomondan tanglay ravoqlari,
pastdan tilning orqa Yuzasi va til ildizi bilan chegaralanib turadi.
TISHLAR Tishlar (dens, dentes, 121) ovqatni tishlab uzib olish, chaynab maydalash,
so‘zlarni to‘g‗ri talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar Yuqori va pastki
jag‗lardagi maxsus katakchalar (alveoli dentales) da joylashgan bo‘lib, og‗iz
bo‘shlig‗ining dahlizi bilan xususiy og‗iz bo‘shlig‗i o‘rtasida chegara bo‘lib
joylashgan. Shilliq pardaning suyaklangan so‘rg‗ichlari hisoblangan tishlar epiteliy
va mezenximadan rivojlanadi va jag‗ suyaklarining maxsus tish katakchalarida mix
kabi (gomphosis) joylashadi.