Bigizsimon o‟siq-til osti muskuli (m. stylohyoideus) Chakka suyagining
bigizsimon o‘sig‗i (processus stilodeus) dan boshlanib, til osti suyagi tanasiga
yopishadi. I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. occipitalis, a. facialis.
100. Bo‘yinning o‘rta qavat muskullari.
1–m. hyoglossus; 2–m. mylohyoideus; 3–m. digiastricus (venter anterior); 4–
raphe m. mylohyoidei; 5–os hyoideum; 6–m. thyrohyoideus; 7–m. constrictor
pharyngis inferior; 8–m. omohyoideus (venter superior); 9–m. sternohyoideus; 10–
m. sternothyroideus; 11–glandula thyroidea; 12–esophagus; 13–trachea; 14–
clavicula (bir qismi); 15–costa I; 16–m. scalenus anterior; 17–m. scalenus medius;
18–m. scalenus posterior; 19–m. omohyoideus (venter inferior); 20–m. levator
scapulae; 21–m. longus colli; 22–m. longus capitis; 23–m. semispinalis capitis; 24–
m. longissumus capitis; 25–m. splenius capitis; 26–m. sternocleidomastoideus; 27–
m. digastricus (venter posterior); 28–m. stylohyoideus; 29–m. masseter.
Iyak-til osti muskuli (m. geniohyoideus) pastki jag‗ning qiltanoq do‘mboqchasi
– spina mentalis dan boshlanib, til osti suyagining tanasiga yopishadi.
I n n e r v a t s i y a s i: bo‘yin chigali rr. muscularis II(CI–CIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. sublingualis, a. submentalis.
F u n k s i y a s i. Yuqorida keltirilgan to‘rttala muskul pastki jag‗ qimirlamay
turganda qisqarsa, til osti suyagi va kekirdakni Yuqoriga ko‘taradi, yoki aksincha,
pastki jag‗ suyagini pastga tortadi. Ovqat Yutishga, chaynashga xizmat qiladi. Bu
harakatda bigizsimon o‘siq-til osti muskuli qatnashmaydi.
To‟sh-til osti muskuli (m. sternohyoideus) til osti suyagidan pastda,
to‘sh
suyagi dastasining orqa tomonidan boshlanib, til osti suyagining pastki Yuzasiga
yopishadi.