Oyoq panjasining kaft suyaklari orasidagi bug‘imlar articulationes intermetatarseae. Bu bug‘im kaft suyaklarining Yon soxasidagi bug‘im Yuzalar xisobiga hosil bo‘ladi. Bug‗imlar quyidagi boylamlar bilan mustaxkamlangan : 1) ligg. metatarsea
interossea; 2) ligg. metatarsea dorsalia; 3) ligg. metatarsea plantaria.
Oyoq panjasining kaft suyaklari va barmoq (falang) suyaklar orasidagi bug‗im
- artt. metatarsophalangeae. Bu bug‗imlar kaft suyaklarining boshchasi bilan
proksimal falan suyaklari orasida hosil bo‗ladi. Bugim quyidagi boylamlar bilan
mustaxkamlanadi : 1) ligg. collateralia; 2) ligg. plantaria; 3) lig. metatarseum
transversum profundum.
Falang (barmok) suyaklari orasidagi bug‗imlar - art. interphalangeae pedis -
Yon tarafidan lig. collateralia boylami bilan mustaxkamlangan. Oyok panjasida faqat
odamlarga xos bo‗lgan gumbazlar bo‗ladi. Oyoq panjasida bo‗ylama joylashgan
beshta va ko‗ndalang joylashgan bitta gumbaz bo‗ladi. Buylama gumbaz tovon
suyagidan boshlanib, xar bir kaft suyagining boshchasida yakunlanadi. Birinchi-
medial buylama gumbazni hosil etishda oshiq suyagi xam qatnashadi. Xar bir
buylama gumbazning balandligi xilma-xildir. Eng baland buylama gumbaz ikkinchi
gumbazdir: tovon suyagi bilan ikkinchi kaft suyagining boshchas orasidagi gumbaz.
Gumbaz balandligining turlicha bulganligidan : kundalang gumbaz xam hosil bo‗ladi.
Ko‗ndalang gumbazni hosil etishda qayiqsimo suyak, ponasimon suyak va kubsimon
suyaklar ishtirok etadi.
Chakka - pastki jag bug‗imi - articulatio temporomandibularis. Bu bug‗imni
hosil etishda Chakka suyagidagi fossa mandibulari chuqurchasi bilan pastki jag
suyagining caput mandibulae soxalar qatnashadi. Bo‗g‗imning ichida, boshcha bilan
Chakka orasida, bug‗im bo‗shlig‗ini ikkiga ajratib turadigan tog‗ay diski - discus
articulari joylashadi. Bu tog‗ay diski bug‗im bushligini ikkiga : Yuqori va pastki
bushliqlarga ajratadi. Bug‗im kapsulasi - capsula articularis chuqurchaning atrofidan
boshlanib fissura petrotympanica soxasigach davom etadi. Natijada Chakka
suyagidagi tuberculum articulare bo‗rtig‗i kapsula ichida bo‗ladi. Bug‗im kapsulasi
pastki soxada pastk jag suyagining collum mandibule – bo‗yin soxasigacha davom
etadi. Bo‗g‗imni mustaxkamlaydigan boylamlar : 1) lig. laterale - Chakka suyagidagi
Yonoq o‗simtasidan boshlanib, pastki jag suyagining bo‗yinchasiga birikadi; 2)
ponasimon suyak bilan pastki jag suyagi orasidag boylam - lig. sphenomandibulare -
pastki jag o‗simtasining ichki Yuzasidagi tilcha - lingula mandibulae soxasiga
birikadi; 3)lig. stylomandibulare - Chakka suyagidagi bigizsimon o‗simta - processus
styloideus dan boshlanib, pastki jag shoxlarining orqa chekkasiga birikadi.
Chakka - pastki jag bug‗imi shakl jixatidan g‗altaksimon bug‗imlar guruhiga
kiradi. Ikkala bug‗im bir paytda xarakatlanganlig uchun bu bug‗imlar kombinirlangan
bug‗imlar bo‗lib xisoblanadi. Bug‗imdagi xarakatlar : pastki jag suyagining pastga
tushishi va Yuqoriga ko‗tarilishi; pastki jag bugimida ikki Yon tarafga xarakat
qilinadi; pastki jag boshchasi aylanma xarakat xam qiladi.