I
ga asoslangan zarur uskunalami sotib olishga juda katta pul-kapitali
talab qiladi.
b) tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to ‘siqlar. Buning
mazmuni shundan iboratki, bir qancha
tarmoqlarda raqobat mavjud
b o ‘lmaydi, uni amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi
bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. Tabiiy mono-
poliyalarga elektr, gaz, suv ta ’minoti va aloqa korxonalari misol b o ia
oladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o ‘z
huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan
b o isa , bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar
tartibga solinadigan
yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi;
d) patent va litsenziyalar kabi qonuniy to ‘siqlar. Davlat patent va
litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to'siqlar ham
yaratadi. Patentlar tadqiqotchiga mahsulotini to iiq nazorat qilish
huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanish
davlat tomonidan litsenziya berish y o ii bilan cheklanishi mumkin.
Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga tegishli
vazirlik litsenziya beradi.
e)
xomashyoning muhim turlariga, xususiy mulkchilik monopoliya
lar tomonidan potensial raqobatchilar uchun samarali to‘siq yaratish
vositasi sifatida foydalanishi mumkin;
f) g irro m raqobat. Firmalar o ‘z raqiblarining tarmoqqa kirib keli-
shini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va
resurslarni yetkazib beruvchilami material
va kredit berishdan voz
kechirish, yetakchi mutaxassislami og‘dirib olish, bahoni keskin tushi-
rish g irro m raqobatning oddiy usullaridir.
M onopolistik raqobat erkin raqobat va oligopoliya o ita s id a joyla-
shishi sababli, ulaming belgilarini ifoda etadi. Monopolistik faoliyat
deganda, x o ‘jaIik
yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruv organlari
va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash
haqidagi qonun hujjatlariga xilof b o ig an , raqobatchi yo‘1 qo‘ymaslikka,
uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakat-
sizligidir.43
Dostları ilə paylaş: