Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   191
marketing

Raqobat 
- bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o ‘z 
manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning 
o ‘zaro bellashuvidir. Odamlarni bir biri bilan kurashi emas, balki, 
manfaatlar to ‘qnashgan joyda vujudga kelgan kurashishi raqobat 
deyiladi. Raqobat - bozoming asosiy sharti va qonunidir. Raqobat 
siyosatining oliy maqsadi - resurslami yanada samarali taqsimlashga 
erishish uchun samarali raqobat jarayonini qoilab-quvvatlash va 
rag‘batlantirishdir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish 
unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab 
chiqaruvchilar (korxonalar) o ‘rtasidagi 
raqobat tovarlarni 
qulay 
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, 
umuman iqtisodiyotda o ‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan 
iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va 
m ateriallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. 
Ishlab chiqaruvchilar o ‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar 
uchun kurashdir. Resurslami yetkazib beruvchilar o ‘zlarining iqtisodiy 
resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish 
uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib 
beruvchilar o ‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan
iqtisodiyot to iiq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon b o iad i.
Raqobat iste’molchilar o ‘rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni 
qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, y a’ni xaridor 
har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega b o iish g a 
harakat qiladi. Arzon va sifatli tovam i tezroq sotib olish uchun 
kurashadi.
Shunday qilib, raqobat k o'p qirrali iqtisodiy hodisa b o iib , u bozor- 
ning barcha subyektlari o'rtasidagi murakkab munosabatlami ifodalaydi.
149


Biroq raqobat kurashining keskinlashuvi natijasida ishlab chiqarish 
xarajatlarining past bo‘lishiga erishgan korxonalar o ‘z yashovchanligini 
saqlab qolib, ishlab chiqarish xarajatlari yuqori bo‘lgan korxonalar 
inqirozga uchray boshladi. Raqobat esa kichik korxonalardan yirik 
korxonalar o ‘sib chiqishini ta ’minlaydi. Raqobat kurashida yengib 
chiqish uchun hamfikr b o iib , texnik yangiliklar ustida yakdillik bilan 
ishlagan kam sonli tadbirkorlar jam oasining keyinchalik moliyaviy jih a t­
dan ulkan muvafFaqiyatlarga erishgan yirik firmalarga aylanib ketgan- 
ligiga ko ‘plab misollar keltirish mumkin. Bugungi kunda butun dunyoga 
m ashhur «Xonda», «Ford», «Microsoft» firmalari bunga yaqqol misol- 
dir. Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy 
subyektlaming alohidalashgan manfaatlari to‘qnashadi.
Raqobat kurashining mazmuni to ‘g ‘risida to ‘laroq tushunchaga ega 
b o‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini k o ‘rib chiqish zarur. 
0 ‘z miqyosiga k o ‘ra raqobat, eng aw a lo , ikki turga-tarm oq ichidagi 
raqobatga va taimoqlararo raqobatga b o ‘linadi. Raqobat orqali iqtiso- 
diyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, y a ’ni raqobatda yutib chiqqanlar 
iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lib ketsalar, yutqazganlar esa iqtisodiy 
jihatdan inqiroz holatiga tushib qoladilar, ko'pincha, yirik korxonalar 
tarkibiga qo‘shilib ketadilar yoki umuman yo ‘q b o ‘lib ketadilar.
Raqobatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning 
ijobiy tomonlari u resurslami samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik 
faoliyatining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste’mol­
chilar talabi asosiy o ‘rin tutganligi sababli resurslaming iste’molchilar 
talabi yuqori b o ig a n ishlab chiqarish tarmoqlariga yo'naltirish zarur.
Raqobat tadbirkorlami yangi texnologiyalami jalb etishga undagan- 
ligi sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki b o ‘ladi. Bundan tash­
qari, raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng 
asosiy e ’tibor tadbirkorlaming shaxsiy mustaqilligiga qaratiladi. Faqat 
raqobatgina iqtisodiy faoliyatni m a’muriy boshqarishsiz ham muvofiq- 
lashtirishi mumkin va bu tadbirkorlarga manfaatlarini to ‘laroq qondi- 
rishga imkoniyat yaratib beradi.
Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki, raqo­
bat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o ‘zi uni buzib qo‘yishi 
mumkin. Chunki talab va takli&ing o'zgarishiga qarab narxlarning to ‘x- 
tovsiz o ‘zgarib turishi bozordagi subyektlaming mavqelarini bir marom- 
da saqlab turishlariga imkon bermaydi.
150


Raqobatchilar tahlili quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi, 
(8.1.1- chizma):
• bozoming tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;
• tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash;
• tayanch raqobatchilami baholash;
• raqobatchilar xarakterini oldindan k o ‘ra bilish;
• potensial raqobatchilami aniqlash.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin