8-MODUL. RAQOBATLI STRATEGIYALAR
8.1. Raqobat tushunchasi va mohiyati
Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal
qilishi uchun m a’lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi.
Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida b o ‘lishi mumkin,
chunki
undagina u zarurat b o ia d i, shushingdek, unga yo ‘l ham ochiladi.
Shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda
raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor
iqtisodiyotining shakl-
lanishidagi klassik y o‘l G ‘arb mamlakatlarida b o‘lib, u yerda raqobat
chilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o ‘z-o‘zidan,
ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo ‘sinda erkin raqobat paydo b o ‘lgan.
Iqtisodiyotda monopollashuv tendensiyalari paydo b o ‘lish munosabati
bilan
erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog‘lom raqobatchilik
muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatning antimonopol
siyosatida ko ‘rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan
yaratishga emas,
balki uni saqlab qolishga, kezi kelganda qaytadan
tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga
qaratiladi. Davlatning xususiy monopoliyalami jilovlashga qaratilgan
tadbiri 1890-yilda AQShda qabul qilingan “Sherman qonuni”
b o iib , u
tarixda antitrest qonuni deb nom olgan. Keyinchalik bu qonun bir necha
marta monopoliyalarga qo‘yilgan talablarni jiddiylashtirish uchun qayta
к о ‘rib chiqilgan. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga
oshirish uchun zarur b o ‘lgan m a’muriy choralar boshqa mamlakatlarda
ham ular sharoitlari taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Antimonopol qonunchilik asosan quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha
shakllanadi.
1. Ishlab chiqarish tizimi (tarkibi)ni
boshqaruvchi qonunlar yoki
ular moddalarini aniq belgilash. Ularga k o 'ra odatda hech bir korporat-
siya u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini
nazorat qilishga haqqi bo‘lmaydi..
2. Barcha yirik korporatsiyalaming ishtirokchilari boshqa korporat-
siyalarning aksiyalarini m a’lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega
b o ‘la olmasliklari kerak.
147
3.
Narxlarni talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan yuqori
yoki past tutib turishni, narx xususida kelishib
olishni man qiluvchi
antikartel qonunlami joriy etish.
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi “ko 'zg a ko‘rinmas qo‘l” raqobatdir.
Shunday ekan, har bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojla-
nishi shu davlatdagi raqobat muhitming amaldagi holatiga b o g iiq
b o ia d i. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining
negizini tashkil etuvchi
munosabatlardan biri - b u raqobat deyish mumkin.
Zero, raqobatni rivojlantirmay va uni himoyalash mexanizmini
yaratmay turib, iqtisodiyotni erkinlashtirish yoki iqtisodiy samarador-
likka erishishni tasavvur qilish qiyin.
Dostları ilə paylaş: