Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


Raqobatli ustunlik va raqobatbardoshlik



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191
marketing

8.3. Raqobatli ustunlik va raqobatbardoshlik
Hozirgi davrda xalqaro savdo nazariyasida raqobatda ustunlikka 
erishish, uni ushlab turish muammosi birinchi o ‘rinda turadi. Jahcn 
bozorida peshqadamlikni q o id an bermaslik uchun yuqori sifatli 
mahsulotlami taklif qilish va baholi raqobatga bardosh berish 
qurbiga ega b o iis h kerak. Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning 
firmaga o ‘zining bevosita raqobatchilariga nisbatan m a iu m bir afzallik 
beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar 
(atributlar) g'oyatda xilma-xil b o iish i va tovam ing o ‘ziga (asosiy 
xizmatga) ham, asosiy xizmatga qo ‘shimcha xizmatlarga, ishlab 
chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli b o iish i, hamda firma yoki 
tovarga xos b o iish i mumkin. Demak, bunday afzallik nisbiy b o ia d i va 
tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega b o ig a n
raqobatchiga nisbatan belgilanadi.
8.3.1-jadval
Raqobat ustunligini tanlash holati
Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umu- 
m an olganda, bu omillami ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi 
afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin 
Agar raqobatli afzallik tovaming ajralib turuvchi sifatlariga asoslan­
gan b o isa , u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlaming qis-
162


qartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun 
qiymatli bo ‘ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli afzallik firmaning “bozor qudratini” 
oshiradi, y a ’ni u bozomi imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq 
sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli 
raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlami taklif eta olmaydi. Tashqi 
raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya differensiya strategiyasi 
b o iib , bu strategiya firmaning marketing sohasidagi “nou-xau”siga, 
uning mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan xaridorlaming istaklarini 
aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. Agar raqobatli afzallik 
firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga 
yoki raqobatchidan k o ‘ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi 
va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan 
bo'Isa, bunday afzallik “ichki afzallik” deb ataladi. Ichki raqobatli 
afzallik - firmaga k o ‘proq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxla- 
rining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga k o ‘proq darajada 
bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli 
afzallikka asoslangan strategiya xarajatlar bo'yicha afzallik strategiyasi 
bo'lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga 
asoslanadi. Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha 
bo'lgan bu ikki turi ko'pincha, bir-biriga to ‘g ‘ri kelmaydi, chunki ular 
mutlaqo farq qiluvchi ko ‘nikma va madaniyatni talab qiladi.
Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar 
chiqarish va ustuvor maqsadlami belgilash uchun firmaga shu o ‘qlarda 
joylashishga imkon berishdan iboratdir. “Bozor kuchi” o ‘qidagi o ‘rinni 
tanlash uchun avvalgi boblarda k o ‘rib chiqilgan markaning imijini 
tadqiq qilishda olingan m a’lumotlardan foydalanish kerak. Bu tadqiqot­
lar bozor qabul qiladigan qiymatni o'lchash va narx bo‘yicha egiluv- 
chanlikni baholashga imkon beradi. “UnumdorIik”ni tahlil qilishda 
tajriba egri chizig'idan kelib chiqish yoki “bozomi razvedka qilish” 
xizmati m a’lumotlarini hisobga olish lozim, bu xizmat raqobatchilar 
ustidan kuzatuv o ‘matish vazifasini bajaradi. M .Porteming ta ’kidlashi- 
cha, firmalaming raqobat jihatdan ustunliklari va mamlakatning iqtisodiy 
o ‘sishi darajasi o ‘rtasida bogiiqlik mavjud. Islohotlami bosqichma- 
bosqich amalga oshirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivoj­
lantirish, o ‘z navbatida, monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish 
va raqobatni rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu masala
163


1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Tovar 
bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va raqobat to ‘g ‘risida»gi 
qonunda k o ‘rsatilib o'tilgan.
Qonunda asosan ikki maqsad ko'zlangan:
Birinchisi - monopol hokimiyatga ega bo‘lgan korxonalar tomoni­
dan bozordagi yakka hokimlik mavqeyini suiste’mol qilmaslik va uni 
oldini olishni, oldingisidan tubdan farq qiluvchi yangi qonunni ishlab 
chiqish;
Ikkinchisi - bu har bir sohada monopoliyadan chiqarish va sog‘lom 
raqobat muhitini yaratishdir.
Subyektnig o ‘z ustun mavqeyini suiiste’mol qilishi keng tarqalgan 
monopolistik faoliyat turlaridan biridir. Ustun mavqe «Tovar bozorlari 
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to ‘g ‘risida»gi qonunning 
3-moddasida berilgan. Unga ko ‘ra «Ustun mavqe - o ‘m ini bosuvchi 
bo'lm agan tovar bozorida yoki bir-birininig o ‘m ini bosadigan tovarlar 
bozorida x o ‘jalik yurituvchi subyektning o ‘ziga raqobatni cheklashga 
hal qiluvchi ta ’sim i k o ‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar- 
ning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy 
faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan 
hukmron mavqedir. Bozordagi ulushi 65% yoki undan ortiq foizni 
tashkil etadigan xo'jalik yurituvchi subyektning mavqei ustun mavqe 
deb e ’tirof etiladi».
Lekin, bozordagi ulushi 65% va undan ham ortiq bo'lgani bilan 
uning mavqeyi ustun deb e ’tirof etilmasligi mumkin. Buning uchun 
subyekt raqobatga salbiy ta ’sir, ya’ni faoliyat yuritayotgan boshqa 
tadbirkorlarga salbiy ta ’sir k o ‘rsatmayotganligini asoslab berishi lozim.
Bozordagi ulushi 35% dan 65% gacha b o ig a n subyekt ustun 
mavqega ega boim aydi. Biroq monopoliyaga qarshi organ tomonidan 
m azkur holat ustun mavqe deb e ’tirof etilishi ham mumkin. Bunda tad- 
birkom ing bozordagi ulushining barqarorligi, bozordagi raqobatchilarga 
tegishli ulushlaming miqdori, mazkur bozorga yangi raqobatchilaming 
kira olishlari va boshqa mezonlar inobatga olinadi. 35% gacha b o ig an
ulush ustun mavqe holatini keltirib chiqarmaydi.
Ustun mavqeni belgilab beruvchi darajada k o ‘rsatkichlar turli dav- 
latlarda turli xildir. Bu bevosita shu davlat iqtisodiyotining rivojlangan- 
lik darajasiga b o g iiq . Rivojlangan davlatlarda bu k o ‘rsatkichlar 10% 
dan 30% gacha qilib belgilab qo‘yilgan. Bu bevosita shu davlatlarda
164


raqobatning rivojlanganligidan hamda monopolistik faoliyatni yo‘qligi- 
dan yoki kam darajada ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin