79
ko‗rinishidagi parapineal bez ayrim guruh umurtqalilarda (minoga, kaltakesak,
baqalarda) mavjud.
Pineal va parapineal bezlar yorug‗likni qabul qiluvchi a‘zo yoki ―uchinchi
ko‗z‖ sifatida funksiya qilgan joyda ular ko‗rayotgan obrazlarni emas, balki faqat
turli darajadagi yorug‗likni farqlash qobiliyatiga ega. Bunday a‘zo sifatida, ular xulq-
atvorning ayrim shakllarini aniqlashi mumkin, masalan, kun va tunnning almashishi
bilan bog‗liq bo‗lgan chuqur suv qatlamida yashaydigan baliqlarning vertikal
migrasiyasini.
Suvda va quruqlikda yashovchilarda pineal bez sekretor funksiyani bajaradi. U,
melatonin gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon, melanoforalarda (pigmetli
hujayralarda) pigmentlar egallab turgan maydonni kamaytirib, ushbu hayvonning
terisini oqartiradi. Melatonin qushlar va sut emizuvchilarda ham topilgan bo‗lib, u
tormozlovchi samara, xususan gipofiz gormonlari sekresiyasini pasaytiradi, deb
hisoblanadi. Bundan tashqari, asab impulslariga gormonlar ishlab chiqarish bilan
javob beradigan neyroendokrin qayta o‗zgartiruvchi rolini o‗ynaydi.
Metatalamus.
Talamusning orqasida ikkita uncha katta bo‗lmagan do‗ngliklar
- tizzasimon tanalar mavjud. Hajmi kichkina, lekin ancha aniq ifodalangan medial
tizzasimon tana talamus yostiqchasining tagida (undan aniq ko‗rinadigan pushta bilan
ajralgan holda) pastki do‗ngchaning qo‗lchasini oldida yotadi. Unda, eshituv
sitrmog‗ining tolalari tugaydi, buning oqibatida, u, o‗rta miya tomining pastki
do‗ngchalari bilan birgalikda eshituv markazi hisoblanadi. Lateral tizzasimon tana
kattaroq. Yassi do‗ngcha ko‗rinishida bo‗lib, yostiqchaning pastki lateral tomonida
joylashadi. Unda, ko‗ruv traktining lateral qismini ko‗proq qismi tugaydi. Shu tufayli,
lateral tizzasimon tana yostiqcha va o‗rta miya tomonining yuqorigi do‗ngchalari
bilan birgalikda po‗stloqosti ko‗ruv markazi hisoblanadi. Ikkala tizzasimon tananing
yadrolari markaziy yo‗llar orqali mos ravishdagi analizatorlarning po‗stloq oxirlari
bilan bog‗langan
Dostları ilə paylaş: