G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


moxsimon  tolalar  va  chirmashuvchi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

moxsimon 
tolalar 
va 
chirmashuvchi 
(lianasimon) tolalar hisoblanadi. Moxsimon tolalar ko‗prik 


72 
yadrosidan kelib donacha-hujayralarda to‗xtaydi va ularni qo‗zg‗atadi. donacha-
hujayralar o‗z navbatida T-simon shoxlari orqali miyachaning qolgan 
interneyronlarini faollashtiradi. Natijada yulduzsimon va savatsimon va b. hujayralar 
Purkine hujayralarini tormozlaydi va miyacha yadrochalarini tormozlanishdan 
chiqaradi. Purkine hujayralari chirmashuvchi tolalar orqali qo‗zg‗alganda aksincha, 
tormozlovchi ta‘siri kuchayadi.
Miyacha funksional jihatdan 3 qismga bo‗linadi: arxioserebellum (qadimgi 
miyacha), paleoserebellum (qari miyacha) va neoserebellum (yangi miyacha). 
Arxioserebellum 
vestibulyar yadroning faolligini boshqaradigan shatr yadrosi bilan 
bog‗liq bo‗lib, muvozanat reaksiyalariga javob beradi. 
Paleoserebellum
axborotni 
mushak reseptorlari va harakatlantiruvchi o‗ynaydi.
 
Assosiativ zonalardan axborot 
avval ko‗prikka tushadi, keyingina neoserebellumga, so‗ngra miyachaning tishchali 
yadrosiga, keyin talamus orqali harakatlantiruvchi po‗stloqqa tushadi. Bu yerdan 
piramidali ekstrapiramidali yo‗llar orqali qizil yadroga, vestibulyar yadrolarga va 
orqa miyaning α –motoneyronlariga o‗tadi. 
29-rasmda harakat funksiyalarida miyachaning roli ko‗rsatilgan. 


73 
29-rasm. Harakat funksiyalarida miyachaning roli. 
2.6. O‘rta miya 
O‗rta miyada to‗rt tepalik yadrolari (ular Silviy suv yo‗lining ustida qopqoq 
sohasida joylashadi), qizil yadro, ko‗zni harakatlantiruvchi va g‗altak asablarning 
yadrolari (ular Silviy suv yo‗lining ostida, o‗rta miyaning markaziy qismida) va qora 
substansiya (o‗rta miya asosida) bor. Talamusga, katta yarim sharlarga va miyachaga 
impuls olib boradigan barcha ko‗tariluvchi yo‗llar va uzunchoq miya bilan orqa 
miyaga impuls yetkazib beradigan tushuvchi yo‗llar o‗rta miya orqali o‗tadi. 
Uzunchoq miyadagi kabi, o‗rta miyada ham retikulyar formasiya neyronlari bor (30-
rasm).
O‗rta miya yadrolari bir qancha muhim reflektor vazifalarni bajaradi. 
To‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlari birlamchi ko‘ruv markazlari 
bo‗lib, 
yorug‗lik ta‘siriga javoban ba‘zi reflekslarning yuzaga chiqishida qatnashadi. Bu 
reflekslarga ko‗rib 
chamalash 
(orientirovka) 
reflekslari 
kiradi. Bu reflekslar shundan 
iboratki, hatto yarim sharlardan mahrum bo‗lgan, ammo o‗rta miyasi butun qolgan 


74 
hayvon yorug‗lik ta‘siriga javoban ko‗z va tana harakatlari bilan reaksiya ko‗rsatadi. 
Ko‗z mushaklariga ko‗zni harakatlantiruvchi va g‗altaksimon 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin