G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

2.5. Miyacha 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i ko‗prik yadrolari orqali miyaning yirik o‗simtasi – 
miyachaga 
(27-rasm)
 
ta‘sir qiladi. Miyachaning vazifasi asosan mushak tonusini 
boshqarish, harakatlarni muvofiqlashtirish, tana holati va muvozanatini ushlab turish 
va harakatlarni dasturlashtirishdir. Miyachaning yurak faoliyatiga ta‘sir qilishi, ya‘ni 
arterial bosim va qon oqimining jadalligini o‗zgartirishi, nafas olish chuqurligi va 
chastotasi, hazm traktining motor, sekretor va so‗ruvchi funksiyalarini ta‘minlashda, 
o‗t hosil bo‗lish jarayonida, siydik pufagining mushak tonusini ushlab turishda, 
reproduktiv fazivani ta‘minlashda, moddalar va energiya almashinuvida, 
termoregulyasiya va qon hosil bo‗lishida, shartli reflekslarni shakllanishida ishtirok 
etishi aniqlangan.
Miyachaning organizm reseptorlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqasi yo‗q, lekin 
ko‗plab yo‗llar orqali 3 juft oyoqchasi bilan asab tizimining barcha bo‗limlari bilan 
bog‗langan. Miyachaning yuqori oyoqchalari o‗rta miyaning to‗rttepaligiga qarab 
yo‗nalgan, eng qalin o‗rta oyoqchalari uzunchoq miyani o‗rab olgan va ko‗prikka 


70 
o‗tadi. Pastki oyoqlari pastga tushib borib uzunchoq miyaga qo‗shilib ketadi. 
mushaklar, paylar, bog‗lamlarning proprioreseptorlaridan, uzunchoq miyaning 
vestibulyar yadrolaridan keladigan afferent (sezuvchan) o‗tkazuvchi yo‗llar asosan 
pastki va o‗rta oyoqchalarda, efferent tolalar asosan miyachaning yuqori 
oyoqchalarida yig‗ilgan. 
27-rasm. Bosh miya stvoli va miyacha (yon tomondan ko‘rinishi) 
Miyacha 2 ta yarim shar va toq bo‗limdan iborat. Miyachaning yarim sharlari 
va toq bo‗limi periferiyada yotgan kulrang modda - po‗stloq, va oq moddaning 
ichkarisida (bu yerda miyachaning 3 juft yadrosi to‗plangan) joylashgan oq 
moddadan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin