G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

vestibulospinal trakt 
o‗tadi, u gavda holatini kerakli holatda o‗rnatish reflekslarini 
amalga oshirishda, mushaklar tonusini qayta taqsimlashda qatnashadi.
Uzunchoq miya bilan Varoliy ko‗prigi butun qolgan bulbar hayvon tashqi 
ta‘sirlarga javoban spinal hayvondan murakkabroq reaksiyalarni yuzaga chiqara 
oladi. Bu hayvonlarda barcha asosiy hayotiy funksiyalar mukammalroq markaz bilan 
birlashgan va ko‗proq koordinasiyalangan. 26-rasmda bulbar hayvonning harakat 
reaksiyalari keltirilgan. 


68 
26-rasm. Bulbar hayvonning harakat funksiyalari. 
K – miya qobig‗i; Pm – oraliq miya; S – bo‗yin bo‗limi; Sm – orqa miya;Th – 
ko‗krak bo‗limi; L – bel bo‗limi; S – hoch bo‗limi 
2.4. Ko‘prik 
Ko‗prik miya asosi tomonidan yo‗g‗on oq rangli val ko‗rinishida bo‗lib, orqa 
tomondan uzunchoq miyaning yuqorigi uchi bilan, oldingi tomondan esa miyaning 
oyoqchalari bilan chegaralanadi. Ko‗prikning yon chegarasi sifatida uchlamchi va 
yoz asablarining ildizchalari orqali sun‘iy o‗tkazilgan chiziq hizmat qiladi. Ushbu 
chiziqdan lateral holatda miyachaning o‗rta oyoqchalari joylashgan bo‗lib, ular bu va 
boshqa tomonda miyachaga kirib boradi.
Ko‗prikning dorsal (bel) yuzasi tashqaridan ko‗rinmaydi, chunki u, miyacha 
ostida rombsimon chuqurchaning (IV me‘dachaning tubi) yuqorigi qismini hosil qilib 
yashiringan. Ko‗prikning ventral (qorin) yuzasi tolali xarakterga ega va bu tolalar 


69 
umuman ko‗ndalang boradi va miyachaning o‗rta oyoqchalariga yo‗naladi. 
Ko‗prikning ko‗ndalang kesimida u katta oldingi yoki ventral va kichik dorsal 
qismidan iborat ekanligini ko‗rish mumkin. Ular orasidagi chegara bo‗lib ko‗ndalang 
tolalarning yo‗g‗on qatlami – trapesiyasimon tana hizmat qiladi. Uning tolalari 
eshitish yo‗liga mansub. Trapesiyasimon tana sohasida ham tolalari eshitish yo‗liga 
mansub bo‗lgan yadro joylashgan. Ko‗ndalang tolalar piramidali yo‗llarga mansub 
bo‗lib, ular ko‗prikning shaxsiy yadrolari bilan bog‗langan. Bu yerdan miyachaning 
po‗stlog‗iga boruvchi ko‗ndalang tolalar boshlanadi. O‗tkazuvchi yo‗llarning ushbu 
barcha tizimi ko‗prik orqali, katta yarim sharlarni miyacha yarim sharlarining 
po‗stlog‗i bilan bog‗laydi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i qanchalik kuchli rivojlangan 
bo‗lsa, ko‗prik va miyacha shunchalik kuchli rivojlangan bo‗ladi. Ko‗prik odamda 
eng ifodalangan bo‗lishi tabiiydir, bu hol uning bosh miyasi tuzilishining o‗ziga xos 
tomoni hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin