116
bilan, ya‘ni so‗lak bezlarining shartsiz ta‘sirlanishi bilan mustahkamlanishi kerak.
Xuddi shuningdek, itning ko‗z oldida elektr lampochkasini yoqish yoki qo‗ng‗iroq
chalish oyoq terisiga elektr tokini ta‘sir ettirish bilan bir vaqtga to‗g‗ri keltirilsa (har
gal oyoq terisiga elektr toki ta‘sir ettirilganda oyoq bukish shartsiz refleksi kelib
chiqadi), faqat shundagina oyoq bukish shartli refleksini vujudga keltira oladi. Xuddi
shuningdek, shamni loaqal bir marta ko‗rish badan kuyish sezgisi bilan to‗g‗ri
kelgandan keyingina yosh bola yonayotgan shamdan qo‗lini tortib olib yig‗lashi
mumkin. Yuqorida keltirilgan hamma misollarda avvaliga nisbiy indifferent bo‗lib
ko‗ringan tashqi ta‘sirotlar — idish-tovoqning taqillashi, yonib turgan shamni
ko‗rish, elektr lampochkasining yonishi, qo‗ng‗iroq tovushi shartsiz ta‘sirotlar bilan
mustahkamlangandagina shartli ta‘sirlovchi bo‗lib qoladi. Tashqi olamning dastlab
indifferent bo‗lgan signallari faqat shundagina faoliyatning muayyan turi uchun
ta‘sirlovchi bo‗lib qoladi.
Shartli reflekslar hosil qilish uchun
vaqtincha aloqa
vujudga kelishi zarur.
Boshqacha aytganda, shartli ta‘sirotni sezuvchi po‗stloq hujayralari shartsiz refleks
yoyining tarkibiga kiruvchi po‗stloq neyronlariga vaqtincha
bog‘lanishi
kerak (42-
rasm).
Dostları ilə paylaş: