G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Shartli reflekslarning har xil turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

4.4. Shartli reflekslarning har xil turlari 
Shartsiz reflekslarning har qandayini asos qilib olib shartli reflekslar vujudga 
keltirish mumkin. 
Shartli sekretor reflekslar.
 
So‗lak ajratish shartli reflekslari boshqalardan ko‗ra 
yaxshiroq va mukammal o‗rganilgan. 
So‘lak ajratish shartli reflekslarining 
ko‗proq 
tekshirilganiga sabab shuki, miya faoliyatining bu tashqi ko‗rinishlarini I. P. Pavlov 
laboratoriyasi itlar ustidagi tajribalarda mukammal tekshirgan va so‗lak ajratish 
reaksiyasini tajribada tahlil qilib, shartli reflekslarning barcha eng muhim 
qonuniyatlarini aniqlangan. N.I. Krasnogorskiy shu reflekslarni odamlarda, jumladan 
bolalarda, o‗rgangan. 
Ovqatlanish shartli reflekslari me‘daning va me‘da osti bezining sekresiyasini 
tekshirishda ham aniqlansa bo‗ladi. Hazm bezlariga taalluqli bu shartli reflekslarning 
organizm uchun fiziologik ahamiyati - organizmga ovqat kirmasdanoq uni hazm 
qilish uchun eng yaxshi sharoit tug‗dirishdan iborat. 
Harakat shartli reflekslari. 
Turli tadqiqotchilar ovqatlanish va himoyalanish 
harakat shartli reflekslarini o‗rganishgan. 
Ovqatlanish harakat shartli reflekslari 
ovqatni 
yamlash, chaynash, yalash, yutish, so‗rish, emishda namoyon bo‗ladi. 
Oyoq terisiga elektr toki bilan ta‘sir etib shartli signallarni mustahkamlaganda 
(bunday ta‘sir natijasida oyoq bukish refleksi kelib chiqadi) 
himoyalanish harakat 
shartli reflekslari osonroq 
hosil bo‗ladi. 
Himoyalanish shartli reflekslarining biologik ahamiyati shundan iboratki, 
yemiruvchi ta‘sirot organizmga tegmay turib, ba‘zan halokatli va kasallantiruvchi 
ta‘sir etmay turib, organizm shu ta‘sirotdan shartli bir signal ta‘sirida uzoqlashadi. 
Yurak shartli reflekslari. 
Odamda 
yurak 
faoliyatini o‗zgartiradigan 
shartli 
reflekslar 
hosil qilingan. Shu maqsadda biron shartli ta‘sirot ko‗z soqqasini bosib 


119 
turish bilan bir vaqtga to‗g‗ri keladi, ko‗z soqqasi bosilganda yurak urishi refleks 
yo‗li bilan (vagusning qo‗zg‗alishi tufayli) siyraklashadi — 
Ashner refleksi 
deb shuni 
aytiladi. Shunga o‗xshash bir qancha tajribalar natijasida shartli refleks kelib chiqadi. 
Endi birgina shartli ta‘sirotni qo‗llanish yurak urishini siyraklata oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin