G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

3. Shartli tormoz.
Muayyan shartli ta‘sirot shartsiz ta‘sirot bilan 
mustahkamlansa-yu, shu shartsiz ta‘sirot bilan boshqa ta‘sirotning kombinatsiyasi 
(birgalashib ta‘sir qilishi) shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanmasa, shartli tormoz 
hosil bo‗ladi. Masalan, A shartli ta‘sirotga nisbatan shartli refleks hosil qilingan deb 
faraz qilaylik. Shartli refleks to‗la hosil bo‗lgandan keyin, avvallari A ta‘sirot 
(masalan, qo‗ng‗iroq ovozi) ning o‗ziga shuningdek uning boshqa, masalan, B 
ta‘sirot (masalan, metronom ovozi) bilan qo‗shilganiga (kombinasiyasiga) ham shartli 
reaksiya yuz beraveradi. Ammo keyinchalik A ta‘sirotning o‗zi shartsiz ta‘sirot bilan 
mustahkamlanib, uning B ta‘siroti bilan kombinasiyasi (A+B) mustahkamlanmasa, 
shartli reaksiya faqat A ta‘sirotga javoban yuzaga chiqadi va A+B kombinasiyasiga 
javoban yuzaga chiqmay qo‗yadi. Shartli tormoz deb ana shunga aytiladi. Shartli 
tormoz tufayli hayvon birmuncha uxshash va birmuncha uzgacha ta‘sirotlarni analiz 
qiladi va bir-biridan ajratadi. Qo‗shimcha ta‘sirot shartli ta‘sirot bilan qushilib, bir 
vaqtda ta‘sir qilgandagina shartli tormoz paydo bo‗ladi. Agar qo‗shimcha ta‘sirot 


134 
shartli ta‘sirotdan biroz oldin ta‘sir qildirilsa, qo‗shimcha ta‘sirotga javoban ikkinchi 
tartibli shartli refleks hosil bo‗lib qolishi mumkin.
4. Shartli refleksning kechikishi.
Shartli ta‘sirot bilan shartsiz ta‘sirot ta‘siri 
o‗rtasida ozmi-ko‗pmi vaqt o‗tsa, bunda shartli refleks birmuncha kechikadi. 
Masalan, chiroq yoqilishiga nisbatan so‗lak ajratish shartli refleksi hosil qilingan 
hayvonda chiroq yoqilishi bilan ozuqa berish o‗rtasida juda oz vaqt (1-5 sekund) 
o‗tsa, chiroq yoqilishi bilanoq darrov so‗lak ajralaveradi. Ammo chiroq yoqilishi 
bilan ozuqaning berilishi o‗rtasida ko‗proq vaqt (2-3 minut) o‗tsa, keyinchalik chiroq 
yoqilishi bilan so‗lak ajralishi o‗rtasida ham ko‗proq vaqt (2-3 minut) o‗tadigan 
bo‗lib qoladi. Bu vaqtda shartli ta‘sirot shartli refleks markazini dastlab tormozlaydi, 
so‗ngra qo‗zg‗atadi. Shartli tormozlanish organizm uchun nihoyatda katta ahamiyatga 
ega. Shartli tormozlanish bo‗lmaganida edi, organizm shartsiz ta‘sirot bilan 
mustahkamlanmagan, ammo shartli ta‘sirot bo‗la oladigan har qanday signallarga 
ham ortiqcha, keraksiz reaksiyalar bilan javob beraverar edi. Tormozlanish tufayli 
organizm faqatgina shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanadigan, o‗zi uchun zarur 
reaksiyalarni vujudga keltiradi va shunday qilib, tashqi muhitga mukammalroq 
moslashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin