139
ta‘sirlovchilar shunday ko‗chiruvchi omillar (pereklyuchatellar) bo‗la olishi
tajribalardan ma‘lum. Pereklyuchatellar qanday bo‗lmasin ro‗y-rost effektni yuzaga
chiqarmaydi, ular miya po‗stlog‗ining holatini faqat spesifik ravishda o‗zgartiradi:
ba‘zi vaqtincha aloqalarni tormozlaydi va boshqa vaqtincha aloqalarning
qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi. Tadqiqotning turli sharoitida bir ta‘sirlovchining o‗zi
(masalan, gudok tovushi) goh shartli signal bo‗lib, goh tormozlovchi signal bo‗lib
ta‘sir etishi mumkin. Miya po‗stlog‗i bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‗cha olgani
uchun organizm muttasil o‗zgaruvchi tashqi muhitga mukammalroq moslashadi.
Odamning oliy nerr faoliyatida miya po‗stlog‗ining bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga ko‗chishi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Odam uyida, ishxonasida,
mehmondorchilikda, teatrda, yo‗lda va boshqa joylarda ekanligiga qarab, bir xil
ta‘sirlovchilarga (bir so‗zning o‗ziga, bir narsaning o‗ziga) turlicha reaksiya
ko‗rsatish misollari kundalik hayotda son-sanoqsiz.
Dostları ilə paylaş: