G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


 Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ishlashidagi tizimlilik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

4.12. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ishlashidagi tizimlilik 
Miya po‗stlog‗idagi sintetik faoliyatning murakkab formalari 
dinamik 


138 
stereotip, 
yoki 
tizimlilik 
tushunchalari bilan ifodalanadigan hodisalarda yaqqol 
ko‗rinadi. 
It ustidagi tajribada kuch jihatdan har xil shartli reflekslarni vujudga 
keltiradigan har xil shartli ta‘sirlovchilar kun sayin qat‘iyan muayyan tartibda 
qo‗llanilsa, hayvonning katta yarim sharlar po‗stlog‗ida ta‘sirotlarning butun shu 
tizimiga ko‗rsatiladigan reaksiyalarning muayyan stereotipi vujudga keladi. 
Qandaydir tajribada shartli ta‘sirlovchilardan faqat birontasini takror ta‘sir ettirib, 
bunga ishonish mumkin. Shartli ta‘sirlovchi kuchli, kuchsiz yoki tormozlovchi 
ta‘sirlovchi o‗rnida ho‗llanilishiga qarab, effekti kuch jihatidan har xil bo‗ladi. Miya 
po‗stlog‗i signalga muayyan andaza bilan, hosil bo‗lgan dinamik stereotipga yarasha 
reaksiya ko‗rsatadi. Shartli signal yakka ta‘sirlovchi sifatida emas, balki muayyan 
signallar tizimining avvalgi va keyingi ta‘sirotlar bilan bog‗langan bir elementi 
sifatida idrok etiladi. 
Miya po‘stlog‘ining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga shartli refleks yo‘li 
bilan ko‘chishi. 
Organizm yashaydigan tabiiy sharoitda ta‘sirotlarni miya 
po‗stlog‗ida analiz va sintez qilish jarayonlarida miya po‗stlog‗ining bir faoliyatdan 
ikkinchi faoliyatga shartli refleks yo‗li bilan ko‗chishi muhim rol o‗ynashini E.A. 
Asratyan aniqlagan. Buning mohiyati shundan iboratki, shartli ta‘sirlovchining effekti 
shu ta‘sirlovchi qo‗llanilayotgan sharoitga muayyan darajada bog‗liq bo‗lib qolishi 
mumkin. 
Masalan, tovush chiqaruvchi biron agent, masalan, minutiga 120 marta 
tebranadigan metronomni jaranglatish bilan birga ertalab hayvonga ovqat berilsa, 
kunduzi esa oyog‗iga elektr toki bilan ta‘sir etilsa, bunday ta‘sirlovchi shartsiz 
ta‘sirot bilan bir necha marta mustahkamlangach, kun vaqtiga (ertalabki yoki 
kunduziga) qarab har xil signal ahamiyatini kasb etadi — ertalab ovqatlanish shartli 
reaksiyasini, kunduzi esa himoyalanish reaksiyasini vujudga keltiradi. Kun vaqtn 
shartli reaksiya xarakterini belgilab beruvchi, miya po‗stlog‗ini bir faoliyatdan 
ikkinchi faoliyatga ko‗chiruvchi omil bo‗lib chiqadi. 
Eksperiment sharoiti yoki eksperimentatorning o‗ziga aloqador turli-tuman 


139 
ta‘sirlovchilar shunday ko‗chiruvchi omillar (pereklyuchatellar) bo‗la olishi 
tajribalardan ma‘lum. Pereklyuchatellar qanday bo‗lmasin ro‗y-rost effektni yuzaga 
chiqarmaydi, ular miya po‗stlog‗ining holatini faqat spesifik ravishda o‗zgartiradi: 
ba‘zi vaqtincha aloqalarni tormozlaydi va boshqa vaqtincha aloqalarning 
qo‗zg‗aluvchanligini oshiradi. Tadqiqotning turli sharoitida bir ta‘sirlovchining o‗zi 
(masalan, gudok tovushi) goh shartli signal bo‗lib, goh tormozlovchi signal bo‗lib 
ta‘sir etishi mumkin. Miya po‗stlog‗i bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‗cha olgani 
uchun organizm muttasil o‗zgaruvchi tashqi muhitga mukammalroq moslashadi. 
Odamning oliy nerr faoliyatida miya po‗stlog‗ining bir faoliyatdan ikkinchi 
faoliyatga ko‗chishi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Odam uyida, ishxonasida, 
mehmondorchilikda, teatrda, yo‗lda va boshqa joylarda ekanligiga qarab, bir xil 
ta‘sirlovchilarga (bir so‗zning o‗ziga, bir narsaning o‗ziga) turlicha reaksiya 
ko‗rsatish misollari kundalik hayotda son-sanoqsiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin