G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


 Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanishning o‘zaro



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

4.13. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanishning o‘zaro 
munosabatlari 
Qo‘zg‘alish va tormozlanish irradiasiyasi ham konsentrasiyasi. 
Shartli 
refleks hosil qilishda kuzatiladigan shartli refleks generalizasiyasini I. P. Pavlov 
shunday izohlagan edi: shartli signal har gal ta‘sir etganda qo‗zg‗alish miya 
po‗stlog‗ining bevosita ta‘sirlanadigan hujayralaridan qo‗shni hujayralarga yoyilib 
(irradiasiya), ularni vujudga kelayotgan vaqtincha aloqaga tortadi. 
Miya po‗stlog‗ining sensor zonalarida, ayniqsa assosiativ zonalarida ko‗pgina 
asab yo‗llari (gorizontal tolalar) borligini, yonma-yon yotgan asab hujayralari shu 
gorizontal tolalar orqali bog‗lanishini gistologik va elektrofiziologik tadqiqotlar 
ko‗rsatib berdi. 
Biroq qo‗zg‗alish miya po‗stlog‗ining bir qismidan ikkinchi qismiga o‗tganda, 
ya‘ni qo‗zg‗alish irradiasiyasida boya aytilgan gorizontal yo‗llar bilan bir qatorda 
vertikal yo‗llar: po‗stloq—po‗stloq osti—po‗stloq yo‗llari, ayniqsa miya stvolining 
retikulyar formasiyasi orqali o‗tuvchi yo‗llar ham muhim rol o‗ynasa kerak. Masalan, 
miya po‗stlog‗ining bir qismiga strixnin eritmasi bilan ho‗llangan qog‗oz qo‗yib, 


140 
yuzaga chiqarilgan asab impulslarining razryadlari ikkala yarim shar po‗stlog‗ini 
birlashtiruvchi qadoqsimon tana qirqib qo‗yilganiga qaramay, qarama-qarshi yarim 
sharga ham tarqaladi. Farmakologik modda — aminazin (xlorpromazin) retikulyar 
formasiya funksiyalarini susaytirganda impulslar bir yarim shardan ikkinchi yarim 
sharga o‗tmay qo‗yadi. 
Ta‘sirlovchilarni differensiallash jarayonida ichki tormozlanish qo‗zg‗alish 
irradiasiyasini 
cheklab, 
neyronlarning 
muayyan 
guruhlarida 
qo‗zg‗alish 
konsentrasiyasiga yordam beradi. 
I.P. Pavlov shartli reflekslarga tormozlovchi signallarning ta‘sirini tekshirib, 
qo‗zg‗alishgina emas, tormozlanish ham irradiasiyaga va konsentrasiyaga qodir, 
degan xulosaga kelgan. 
Tormozlanish irradiasiyasini quyidagi tajribada ko‗rish mumkin. Itning keyingi 
oyog‗i bo‗ylab 5 ta kasalka (suykanchiq) biriktirilgan, bular terining turli 
bo‗laklariga; mexanik ta‘sir ko‗rsatgan. Yuqoridagi to‗rtta kasalka ijobiy shartli 
signallar sifatida qo‗llanilgan: ularning ta‘sirida itda so‗lak ajratish shartli refleksi 
yuzaga chiqqan. Pastdagi kasalka teriga ta‘sir etganda ovqat berilmagan, bu ta‘sirot 
tormozlovchi effekt bergan. Tajribalarning ko‗rsatishicha, pastdagi kasalka 
qo‗llanilgach, terining boshqa qismlariga ta‘sir etishlariga ta‘sir etish kuchsiz effekt 
berdi, faqat eng yuqoridagi kasalka ta‘sirida kuchli shartli refleks vujudga keldi. 
Tormozlovchi agent ta‘siridan qisqa vaqt (masalan, 1 minut) keyin ijobiy 
ta‘sirlovchilar qo‗llanilganda ham, shunday natija olinadi. Uzoqroq muddatdan keyin 
refleksning tormozlanishi susayadi va shartli reflekslar tiklanadi. 
I. P. Pavlov bu ma‘lumotlarni shunday izohladi: tormozlovchi shartli signal 
ta‘sir etganda shu ta‘sirotni idrok etuvchi po‗stloq hujayralarida tormozlanish 
jarayoni ro‗y beradi; bu jarayon avval po‗stloqqa yoyiladi (irradiasiya), so‗ngra 
boshlang‗ich nuqtada to‗planadi (konsentrasiya). Tormozlanish irradiasiyasi turli 
itlarda tezlik bilan — 20 sekunddan 5 minutgacha vaqt ichida avj oladi. Tormozlanish 
konsentrasiyasi esa 4—5 baravar sekinroq ro‗y beradi. Ichki tormozlanish 
irradiasiyasining tabiati hozircha aniq emas. 


141 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin