137
analizning quyi shakli odamga nisbatan hayvonda yaxshiroq rivojlangan bo‗lishi
mumkin. Ammo ta‘sirotlarni analiz va sintez qilishning oliy shakllari hiyla yuksak
rivojlanganligi bilan odam hayvondan oldinda turadi. F. Engelsning ta‘biri bilan
aytganda, «burgut odamga qaraganda ancha uzoqni ko‗radi, lekin odamning ko‗zi
buyumlarda burgut ko‗ziga qaraganda ancha ko‗p narsani ajratadi».
Odamdagi katta yarim sharlar po‗stlog‗ining sintetik faoliyat jarayonlarida
shartli va shartsiz ta‘sirlovchilarning po‗stloq vakilligi hujayralari o‗rtasidagi
vaqtincha aloqalargina emas, indifferent ta‘sirotlar yig‗indisini idrok etishda
qatnashuvi asab hujayralarining guruhlari o‗rtasida vujudga keladigan vaqtincha
aloqalar ham muhim rol o‗ynaydi. Masalan, biron kuy tovushlari eshitilganda eshituv
analizatorining po‗stloqdagi tegishli hujayralari periferiyadan keluvchi ta‘sirotlar
bilan muayyan tartibda qo‗zg‗aladi va shu hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar
vujudga keladi. Kuyni esda qoldirish — eshituv analizatorida vaqtincha aloqalarning
vujudga kelishi demakdir. Boshlang‗ich bir necha notaning jaranglashi butun kuyni
esga tushirish uchun kifoya qilishi vaqtincha aloqalar vujudga kelishidan guvohlik
beradi. Biron surat yoki narsani ko‗zdan kechirganda ko‗z to‗r pardasidan va ko‗z
mushaklaridan afferent impulslar ko‗ruv analizatori bilan proprioreseptiv
analizatorning po‗stloqdagi hujayralariga muayyan tartib bilan boradi, shu tufayli
mazkur hujayralar o‗rtasida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Natijada ko‗ruv obrazi
iz qoldiradi.
Ta‘sirlovchi qancha murakkab bo‗lsa, ya‘ni qancha ko‗p komponentlardan
tuzilgan bo‗lsa, miya po‗stlog‗ining idrok etuvchi hujayralari o‗rtasida o‗shancha
ko‗p vaqtincha aloqalar vujudga kelishi kerak.
Ta‘sirotlarni analiz va sintez qilish uchun fiziologik jarayonlar — oliy
formalari odamda hodisa va tushunchalarni logik analiz va sintez qilishning sifat
jihatidan o‗ziga xos jarayonlari vujudga kelishi uchun asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: