G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Agnoziya. 
Bilish funksiyasining buzilishi 
agnoziya
(grekcha ―gnosis‖ — bilish 
so‗zidan) deb ataladi. Agnoziyaning bir qancha turli shakllari, masalan, ko‗ruv, 
eshituv, taktil agnoziyalar bor. 
Ko‘ruv agnoziyasi 
buyumni tanimaslikda namoyon bo‗ladi. Ko‗ruv agnoziyasi 
(optik agnoziya) bo‗lgan odam buyumlarni ko‗radi, qoqilmasdan ularni aylanib 
o‗tadi-yu, ammo tanimaydi; u buyumni tanishi uchun paypaslab tekshirishi yoki 
tovushini eshitishi kerak. Optik agnoziya ko‗pincha miya ensa bo‗laklarining 
zararlanishiga bog‗liq. 
Eshituv agnoziyasi 
buyumlarni chiqaradigan tovushidan tanimaslikda namoyon 
bo‗ladi. Bemor tovushni eshitadi-yu, uni tovush chiqaruvchi muayyan jismga 


157 
bog‗lamaydi. Eshituv agnoziyasi bo‗lgan bemor bong tovushini yoki shaldirab 
tushayotgan suv tovushini tanimasligi mumkin, ammo bongni tashqi ko‗rinishiga 
qarab, suvni unga qo‗l botirib his qiladigan sezgisiga qarab darrov taniydi. Eshituv 
agnoziyasi odatda miyaning chakka bo‗lagi zararlanganda kuzatiladi. Eshituv 
agnoziyasida nutqni idrok etish funksiyasi buziladi. 
Taktil agnoziya 
buyumning tegib turganini bemor his qilgani holda uni 
paypaslab tanimasligida namoyon bo‗ladi, binobarin, taktil agnoziyada bemorning 
oddiy taktil sezgilari saqlanib turadi. O‗ng yarim sharning emas, balki ko‗pincha chap 
yarim sharning yuqoridagi tepa bo‗lagi zararlanganda taktil agnoziya kuzatiladi. 
Apraksiya. 
Apraksiya (grekcha 
―praksis‖ — ish, harakat so‗zidan) muayyan 
maqsad yo‗lida ish ko‗rish, masalan, iroda bilan muayyan harakat qilishning 
buzilishida namoyon bo‗ladi. Masalan, apraksiya bo‗lgan bemor ko‗pincha gugurt 
chaqa olmaydi, qo‗lini qimirlatib, salomlasha olmaydi, non kesolmaydi va hokazo. 
Ayni vaqtda qo‗li falaj bo‗lmay, ayrim oddiy harakatlarni bajara oladi - qo‗lini 
istagan bo‗g‗imidan buka va yoza oladi. Bemor qiladigan ish-harakatini tushunishi, 
ammo shu bilan birga maqsadga muvofiq harakatni bajara olmasligi apraksiyaga 
xarakterli. Apraksiyada harakat qilish tashabbusi keskin darajada susayadi, shuning 
oqibatida ixtiyoriy harakatlar kamayadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin