G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Hissiyotning turlari va biologik ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

5.5. Hissiyotning turlari va biologik ahamiyati 
Hissiyotlar nazariyasi.
 
Hissiyotlar tashqi yoki ichki ta‘sirotlar natijasida 
shakllangan odam va hayvonlarning sub‘ektiv holati bo‗lib, hazillashish yoki 


162 
qanoatlanmaslik, norozilikni his etishdan iborat bo‗ladi. Hissiyotlarning vujudga 
kelishi MAT ning ixtisoslashgan tuzilmalari faollashuviga bog‗liq. Bu tuzilmalardan 
ayrimlarining qo‗zg‗alishi ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi va organizm ularni saqlab 
qolish, kuchaytirish va takrorlashga intiladi. Boshqa xil tuzilmalarning qo‗zg‗alishi 
manfiy hissiyotlarni rivojlantiradi, organizm bularni yo‗qotishga yoki 
salbiylashtirishga intiladi. Hissiyotlar shaxsning hayotiy tajriba orttirishining asosini 
tashkil qiladi. Hissiyotlar musbat va manfiy mustahkamlovchi vazifani bajarib, 
biologik jihatdan maqsadga muvofiq hatti-harakatlarni rivojlanishini, yoki aksincha 
biologik tomondan ahamiyatsiz reaksiyalarning yo‗qolishini ta‘minlovchi, uning 
moslashuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiruvchi omil vazifasini bajaradi, ruhiy 
faoliyatga ta‘sir qiluvchi asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Odamning 
hissiyotlari, odatda, ijtimoiy asosga ega, ular ma‘lum jamiyatning qonun-qoidalariga, 
urf-odati, ahloqiga bog‗liq bo‗ladi. Odamning oliy hissiyotlari ma‘naviy, estetik va 
zakovatli ehtiyojlar asosida shakllanadi. Odamning qaysi bir ehtiyojini olmaylik, u 
qoniqmaslikdan paydo bo‗ladi. Odam o‗z maqsadiga yetmasa, ehtiyojini qondira 
olmasa, qaysi yo‗l bilan bo‗lmasin oldida turgan qiyinchiliklarni yengishga harakat 
qiladi. 
Odamning maqsadga yetishga qaratilgan faoliyatlari mexanizmi. Odamning o‗z 
ehtiyojlarini takroran qondirishga, ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirishga intilish 
tug‗diradi. Peyps fikricha, hissiyotning shakllanishida miyaning limbik tuzilmalari 
asosiy rol o‗ynaydi. Gippokampda paydo bo‗lgan hissiyotning qo‗zg‗alishi mamillyar 
tanalarga tarqaladi, keyin talamus orqali belbog‗ pushtaga o‗tadi va undan miya 
po‗stlog‗iga yetib keladi. His-hayajonning qo‗zg‗alishi bu tuzilmalar o‗rtasida uzoq 
vaqt aylanib yurishi mumkin. Ba‘zi hissiyotlarning turg‗unligi ana shu halqada 
qo‗zg‗alishning uzoq vaqt uzluksiz harakatda bo‗lishi bilan tushuntiriladi. 
Hissiyotlar odam kayfiyatini o‗zgartirishdan tashqari, bir qator ichki a‘zolar 
faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi: qonda adrenalin miqdori ko‗payadi, yurak 
faoliyati tezlashib, qon bosimi ko‗tariladi, gazlar, modda va energiya almashinuvi 
tezlashadi, skelet mushaklar faoliyati o‗zgaradi (47-rasm). Oddiy sharoitda mushaklar 


163 
birin-ketin ishga tushsa, his-hayajon paydo bo‗lgan vaqtda hammasi birdan faol 
holatga o‗tishi mumkin. Mushaklarda charchash jarayoni sekinlashadi. Bundan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin