5.6. Xotiraning turlari va biologik ahamiyati
Xotira
. Ma‘lumki, xotira quyidagi bir-biri bilan uzviy bog‗liq jarayonlarga -
eslab qolish, saqlash, qayta tiklash (xotiradan axborotni qaytarib olish) va tanishga
asoslangan. Eslab qolish jarayonining aksi - esdan chiqarishdir. Demak, xotira
tafakkur bilan uzviy bog‗liq.
Xotira markaziy asab tizimining asosiy vazifalaridan biri bo‗lib, uning
mavjudligi tufayli organizm tashqi ta‘sirotlarni qabul qilib, olingan axborotlarni
o‗zida saqlaydi va kerak bo‗lganda uni qayta tiklaydi. Hayot davomida orttirilgan
tajriba va bilimlarni xotirada saqlashni markaziy asab tizimida yuzaga chiqadigan
165
tuzilma - faoliy o‗zgarishlar ta‘minlaydi. O‗rganish davomida hayvonlarning
miyasida RNK sintezlanishi kuchayadi, ayni paytda, miyada kichik peptidlarning
miqdori oshadi va ular postsinaptik membrananing ion o‗tkazuvchanligiga ta‘sir
qiladi.
Xotira
mexanizmlari
miya
neyronlarining
o‗zaro
bog‗lanishlarini
takomillashuvi, ular o‗rtasidagi sinapslarning faoliyatini faollashuviga ham bog‗liq.
O‗zgaruvchan sharoitda o‗stirilgan hayvonlarda, ya‘ni shu sharoitga moslashishga
majbur bo‗lgan hayvonlarda miya neyronlari o‗rtasidagi sinapslarning soni
ko‗payadi, postsinaptik membrana qalinlashadi, sinaptik tugunchalar kattalashadi va
boshqa o‗zgarishlar paydo bo‗ladi.
Xotira qisqa va uzoq muddatli bo‗ladi. Hotiraning bir nechta tiplari mavjud:
hissiy xotira - boshdan kechirilgan ilhomlanish, quvonish, qayg‗urish, qo‗rqish va
boshqa shu kabi holatlar hissiyotlarini eslab qolish; harakat xotirasi - turli xildagi
harakatlarni (obrazli, yoki ko‗rish, eshitish) eslab qolishda ifodalanadi; ta‘m bilish va
boshqa xotiralar - jismlar obrazlarini turli sezgi a‘zolari orqali eslab qolish bilan
xarakterlanadi; so‗z-mantiq xotira - so‗z orqali ifodalangan fikrni eslab qolish. Har
xil odamda u yoki bu tipdagi xotira ustun bo‗lishi mumkin, lekin har kimsada so‗z-
mantiq xotira yetakchi mavqega ega.
Ma‘lumki, xotiradagi hodisalar vaqt o‗qi bo‗ylab ularni real muddatini aks
ettirishi bilan joylashadi. Reseptor hujayraning tashqi ta‘sirga elektrli javobidan
so‗ng, real qo‗zg‗atuvchi bo‗lmagan paytda ham davom etadigan izli jarayonlar hosil
bo‗ladi. Aynan shu jarayonlar sensorli xotiraning asosini tashkil qiladi. Sensorli
xotirada izlarning saqlanish muddati 500 ms dan ortmaydi, uning o‗chirilishiga esa
150 ms vaqt kerak. Odamning sensorli xotirasi uning qudratiga bo‗ysinmaydi va uni
ongli nazorat qilish imkoniyati yo‗q. Axborotni saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan keyingi
davr
qisqa
muddatli xotira
deb nomlanadi. Ancha muxim axborot esa uzoq muddatli
xotirada saqlanadi. Qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‗tish alohida
tur bo‗lmish oraliq xotiraga mos keladi.
Qisqa muddatli xotira taxminan birlamchi xotiraga to‗g‗ri keladi va uzoq vaqt
166
davom etmaydi, uni gipoksiya, narkoz, miyaga elektr toki bilan ta‘sir qilish va
boshqalar shikastlaydi. Qisqa muddatli xotiradan ba‘zi ma‘lumotlar uzoq vaqtli
xotiraga o‗tkazilishi mumkin va bu tizimga o‗tkazilgan axborot oylab, yillab va
ko‗pincha bir umrga saqlanadi. Ikkilamchi xotira va uchlamchi xotiralar uzoq
muddatli xotiraga mos keladi. Hozir sodir bo‗lgan voqealarni eslash bilan, uzoq
o‗tmishdagi voqealarni eslash o‗rtasidagi juda ham katta farq bor. Birinchisi, tezda
esga tushadi, ikkinchisini eslash ancha qiyin, vaqt talab qiladi. Axborotlarni uzoq
muddatli xotiraga o‗tkazish juda murakkab jarayon. Qisqa muddatli xotiraning hajmi
juda ham oz bo‗lib, bir necha saqlanish birligini tashkil qilsa, uzoq muddatli xotirada
saqlanadigan axborotning hajm chegarasi milliardlab saqlash birligiga teng, lekin
shunga qaramasdan, kerakli axborot anchagina tez topiladi.
Uzoq muddatli xotira sinapslarning o‗tkazuvchanligiga bog‗liq. O‗rgatish
jarayoni sinapslarda faol xolinoreseptorlarning sonini ko‗paytiradi, po‗stloq
neyronlarning asetilxolinga sezgirligini kuchaytiradi. Bu eslab qolishni yaxshilaydi.
Asetilxolinning antagonistlari xotirani shikastlab, xotirani yo‗qolishga (amneziyaga)
olib keladi.
Uzoq muddatli xotira mexanizmlarida katexolaminergik va serotoninergik
tuzilmalar ham ishtirok qiladi. Noradrenalin shartli signal yuzaga chiqargan
qo‗zg‗alish vaqtini uzaytiradi va shu yo‗l bilan tezlashtirib, hosil bo‗lgan
ko‗nikmalarning xotirada saqlanishini ta‘minlaydi.
Yuqoridagilarning barchasida obrazlarni, jismlarni va hodisalarni muhrlanib
qolishi sodir bo‗ladi va u, o‗z tarkibiga 3 davrni: engrammani shakllantirish, yangi
axborotni turiga qarab bo‗lish va ajratish, shakllantirish uchun muxim axborotni uzoq
muddat saqlashni qamrab oladi.
Uzoq muddatli xotira asosida bosh miyaning tizimli va hujayra darajalaridagi
juda murakkab tarkibiy-kimyoviy o‗zgarishlari yotadi.
Xotiraning fazaligi (qisqa va uzoq muddatliligi); uning jarayonlari (eslab qolish,
saqlash, qayta ishlash va tanish); tiplari (hissiy, harakatli, obrazli, so‗z-mantiqi kabi
barcha xususiyatlari), vaqtli aloqalarning shakllanishi va saqlanishi natijasi sifatida
167
reflektorli nazariya bilan izohlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |