G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Xotiraning buzilishi. 
Anterogradli amneziya.
 
Anterogradli amneziya deb 
yangi axborotni o‗zlashtirish qobiliyati yo‗qligiga (ya‘ni axborotni o‗zida saqlash va 
kerak bo‗lganda yetkazib berish) aytiladi. Klinikada bunday holat 
amnestik sindrom
yoki 
Korsakov sindromi
deb ataladi. Bunday bemorlarda (asosan surunkali 
alkogolizm bilan azob chekayotganlarda) ikkilamchi va uchlamchi xotiralar deyarli 
o‗zgarmaydi va birlamchi xotira faoliyati ham o‗zgarmaydi. Ammo, birlamchi 
xotiradan ikkilamchi xotiraga axborotlarni uzatilishi yo‗qoladi. Anterogradli 
amneziya ko‗pincha gippokamp va unga bog‗liq hosilalarni olib tashlanganda yoki 
ikki tomonlama jarohatlanganda kuzatiladi. Demak, bu hosilalar axborotni birlamchi 
xotiradan ikkilamchi xotiraga uzatilishi va qayta kodlanishida asosiy rolni o‗ynaydi. 
Chunki bu jarayonlar axborotni doimiy saqlash uchun qabul qilishga bog‗liq bo‗lgani 
uchun, bu jarayonda gippokamp va limbik tizimni boshqa bo‗limlari ishtirok qiladi, 
deb taxmin qilish mumkin. 
Retrogradli amneziya.
Retrogradli amneziya deb miyani jarohatlanish 
momentidan oldin to‗plangan xotiralarni chiqarib olish qobiliyatini yo‗qotilishiga 
aytiladi. Retrogradli amneziyani kelib chiqishiga miyani chayqalishi, insult, elektr 
shoki (baxtsiz voqea sababli hosil bo‗lgan, yoki davolash maqsadida kelib chiqqan) 
va narkozlar sabab bo‗lishi mumkin. Bu sanab o‗tilgan holatlar miya faoliyatini 
umumiy buzilishiga olib keladi, va shu sababli retrogradli amneziya asosini qanday 
konkret strukturaviy va funksional o‗zgarishlar tashkil qilishi shu vaqtgacha ma‘lum 
emas. 
Har qalay, retrogradli amneziyaga olib keladigan har qanday sabab birlamchi 
xotirani butunlay yo‗qqa chiqaradi. Amneziyadan keyin birinchi vaqtlarda ikkilamchi 
xotirada saqlanayotgan xotiralar ozmi yoki ko‗proq darajada bo‗lib o‗tgan voqealar 
esdan chiqadi. Amneziya og‗ir bo‗lganda avvallari bo‗lib o‗tgan voqealar ham esdan 
chiqadi. Ammo, keyinchalik amneziya bo‗lgunga qadar bo‗lib o‗tgan voqealar asta-
sekin qisman, ayrim hollarda to‗liq qayta tiklanadi. Undan tashqari maxsus usullarni 
(masalan, gipnoz) qo‗llash orqali avval bo‗lib o‗tgan voqealarni esga tushirish 


168 
mumkin. Demak, retrogradli amneziya faqatgina xotiradagi ma‘lumotlar yo‗qotilishi 
bilangina emas, balki ikkilamchi xotiradan axborotlarni chiqarib olishda ham 
qiyinchilik bo‗ladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, uchlamchi xotira odatda eng og‗ir 
retrogradli amneziyada ham hech qanday salbiy o‗zgarishlarga uchramaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin