161
patologiya asosida ta‘birlashga behuda urinishdir. Ikkinchi signal tizimi yetakchi rol
o‗ynagani holda birinchi va ikkinchi signal tizimlari o‗zaro bog‗liq, degan Pavlov
konsepsiyasi, miya po‗stlog‗i yetakchi rol o‗ynagani holda miya po‗stlog‗i bilan
po‗stloq osti tuzilmalarining o‗zaro ta‘siri haqidagi konsepsiya Freydning
tasavvurlari ilmiy jihatdan asossiz ekanligini ko‗rsatib, ularni rad etadi.
Po‗stloq osti tuzilmalarining rolini oshirib yuborishning yana bir shakli U.
Penfildning «markaziy — ensefalik nazariya»sidir. Miya stvolining retikulyar
formasiyasi ba‘zi farmakologik preparatlar bilan zaharlab qo‗yilsa, bu formasiya
miya po‗stlog‗iga faollashtiruvchi ta‘sir etmay qo‗yadi va ong (xush) yo‗qolib,
mudroq bosadi va uyqu keladi. Shunga asoslanib, Penfild bosh miyada tafakkur va
ong har xil lokalizasiyaga ega: tafakkur katta yarim sharlar po‗stlog‗ining funksiyasi,
ong esa bosh miya stvolidagi «markaziy — ensefalik tizim» ning funksiyasidir, deb
xulosa chiqaradi. Penfild o‗z nazariyasining asossiz ekanligiga ishonib, undan voz
kechgan bo‗lsa-da, bu nazariyaning baribir o‗z tarafdorlari bor. Bu «nazariya» ning
xatosi, birinchidan, shundan iboratki, u ongni tafakkurdan sun‘iy ravishda ajratib
qo‗yadi. Ikkinchidan, retikulyar formasiyadan miya po‗stlog‗iga faollashtiruvchi
impulslar kelmaganda ong (xush) ning yo‗qolishi uning retikulyar formasiya
funksiyasi ekanligidan mutlaqo guvohlik bermaydi. Uyqu arteriyalari qisilganda ham
bosh miya po‗stlog‗ining qonga yolchimay qolishi natijasida ong (xush) yo‗qoladi,
ammo shunga asoslanib, ong uyqu arteriyalariga bog‗liq yoki qonda joylashgan, deb
xulosa chiqarish hech mumkin emas. Ong, tafakkur katta yarim sharlar po‗stlog‗ining
funksiyalaridir, bu funksiyalar yuzaga chiqishi uchun miya po‗stlog‗i, po‗stloq osti
tuzilmalari va reseptor apparatlarning jami yig‗indisi normal munosabatda bo‗lishi
kerak, bu esa organizm bilan tashqi muhitning adekvat o‗zaro ta‘sir etishini
ta‘minlaydi.
Dostları ilə paylaş: