G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Imprinting. 
Yosh organizmni mustaqil hayotidagi birinchi qadamlari, hal 


176 
qiluvchi darajada, uni onasi bilan kontakt qilishiga bog‗liq bo‗lib, ular uni yashashini 
amalga oshiradi. Yangi tug‗ilgan hayvonni onasi bilan birlamchi aloqasini amalga 
oshiradigan xulq-atvor adaptasiyalarining majmui, embrional davrini qayta o‗zgarishi 
zanjirini yakunlovchisidek bo‗ladi va unga his qilish va reaksiya qilishning 
shakllangan mexanizmlarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu jarayon imprinting
 
(tasvirlash) deb ataladi. Ushbu hodisaning detallashtirilgan biologik tavsifini 
K.Lorens ta‘riflagan bo‗lib, u imprintingning to‗rtta asosiy xususiyatini ifodalagan:
1) noilojlik (kritik) yoki ta‘sirchanlik davri deb ataladigan, hayotning 
cheklangan davriga mos keladigan imprinting;
2) imprinting qaytmaydi, ya‘ni kritik davrda paydo bo‗lib, keyingi tajribasi 
tomonidan yo‗q qilinmaydi;
3) imprinting, mos ravishdagi xulq-atvor (masalan, jinsiy) hali rivojlanmagan 
paytda sodir bo‗lishi mumkin; boshqacha aytganda, imprinting yo‗li bilan o‗rganish 
qo‗llab-quvvatlashni talab qilmaydi;
4) imprinting paytida hayot uchun muhim ob‘ektning individual tavsifi emas, 
balki turga xos tavsiflari tasvirlanib qoladi. Masalan, jo‗ja tuxumdan chiqish paytida 
yonida faqat quyonni ko‗rsa, uning orqasidan ergashib ketaveradi. Taqlid qilish 
(imitasiya) natijasida hayvon, o‗z turiga mansub, boshqa hayvonlarning harakatlarini 
bevosita kuzatish orqali turga xos harakatlarni bajaradi. Bu, ayniqsa yosh 
hayvonlarga xos bo‗lib, ular ota-onalarining xulq-atvorini imitasiya qilish yo‗li bilan, 
o‗zining turiga xos xulq-atvor repertuarini turli ko‗rinishlarini o‗rganadi. L.A. Orbeli, 
imitasiyali xulq-atvorni turni saqlovchi asos, deb hisoblagan, chunki eng katta 
afzallik shundan iboratki, o‗z to‗dasining a‘zosini shikastlashishi aktida ishtirok 
etayotgan ‖tomoshabinlar‖ reflektorli himoya aktlarini ishlab chiqadilar va shu 
tarzda, kelgusida xavflardan qochishlari mumkin. 
Shunday qilib, mujassamlangan, noassosiativ o‗rganish mustaqil hayot 
kechirish davrining birinchi bosqichlarida zotning hayot faoliyatini ta‘minlaydi 
hamda turga xos xulq-atvor xarakteriga asos soladi. 
Ontogenezning ancha keyingi bosqichlarida, borgan sari yuqori darajada faol 


177 
xarakterga ega bo‗ladi.
 
Organizmning bir butun biologik reaksiyasi (assosiativ, 
fakultativ o‗rganish) bilan birgalikda bo‗lishiga bog‗liq holda, signal ahamiyatiga ega 
bo‗lish qobiliyati bo‗lgan tashqi omillar spektri kengayadi. Bu davrda, o‗rganish 
samaraga bog‗liq xarakterga ega bo‗ladi, ya‘ni organizmni muhit bilan kontaktini 
samaraligi bilan belgilanadi.
Assosiativ o‗rganish, qandaydir indifferent qo‗zg‗atuvchini organizmning 
faoliyati bilan vaqt birligida to‗g‗ri kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday 
assosiasiyaning – shartli refleksning biologik mohiyati, uning signal ahamiyatiga ega 
ekanligida, ya‘ni ushbu qo‗zg‗atuvchi tomonidan keyingi hodisalarni bostirib 
kelishini va u bilan, o‗zaro hamkorlikka organizmni tayyorlovchi, ogohlantiruvchi 
omil rolini o‗ynashida. Qandaydir ravishda shartsiz-reflektorli reaksiyani imitasiya 
qiluvchi shartli reflekslar ishlab chiqish holati, so‗lak ajralishi yoki elektrli mudofaa 
reflekslar paytida kuzatilgan. Oxirgi holatda, masalan, begona qo‗zg‗atuvchi, itlarda 
oyoqlarini tortib olishga olib keluvchi kuchsiz elektrli og‗rituvchi rag‗bat bilan birga 
ta‘sir ko‗rsatilgan. Bir necha marta, ushbu ta‘sirlar birga o‗tkazilgandan keyin, shartli 
signalga ham shunday reaksiya yuzaga kelgan. Bunday shartli reflekslarni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin