G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

5.6. Uyqu 
Uyqu – fiziologik holat bo‗lib, sub‘ektni uni o‗rab olgan muhit bilan faol ruhiy 
aloqalarini yo‗qotishi bilan xarakterlanadi. Uyqu yuksak hayvon va odamlar uchun 
hayotiy muhim hisoblanadi. Uzoq yillar davomida uyquni faol bedorlik holatidan 
keyin miya hujayralarini kerakli energiya bilan ta‘minlanishini tiklanishi uchun zarur, 
deb hisoblab kelganlar. Biroq ma‘lum bo‗lishicha, miyaning faolligi bedorlik vaqtiga 
qaraganda uyqu vaqtida ko‗pincha yuqori bo‗ladi.
Uyqu vaqtida reflektor reaksiyalar susayadi. Uxlayotgan odam tashqi 
ta‘sirotlarni, agar ularning kuchi yuqori bo‗lmasa, sezmaydi. Uyqu OAFda, ayniqsa 
u bedorlikdan uyquga o‗tganda aniq ko‗rinadigan fazali o‗zgarishlar (tenglashgan, 
paradoksal, ultraparadoksal va narkotik fazalar) bilan xarakterlanadi. Narkotik fazada 
hayvonlar istalgan shartli ta‘sirotchilarga shartli refleks bilan javob bermaydilar. 
Uyqu vegetativ ko‗rsatkichlar va miyaning bioelektrik faolligining bir qator 
o‗zgarishlari bilan kechadi. 
Zamonaviy tasavvurlarga ko‗ra miya va organizmning yagona holati bo‗lib 
qolmasdan, balki sifat jihatdan farqlanadigan ikkita holatning, ya‘ni sekin va tez uyqu 
holatlarining yig‗indisidir.
Sekin uyqu (ortodoksal)
o‗z navbatida EEG dagi o‗zgarishlarga qarab 
ajratilgan bir necha bosqichga bo‗linadi. 
Birinchi bosqich
(mudroq) asosiy ritm – 
alfa-ritmni susayishi bilan xarakterlanadi, u asta-sekin turli chastotadagi past 
amplitudali tebranishlar bilan almashinib boradi. 
Ikkinchi bosqich
vaqt-vaqti bilan 
―uyqu duklari‖ni paydo bo‗lishi bilan xarakterlanadi. 
Uchinchi 
va
to‘rtinchi
bosqichlar EEGda yuqori amplitudali sekin delta-to‗lqinlarni asta-sekin ortishi bilan 
xarakterlanadi. Ushbu bosqichlar chuqur uyqu davriga (delta-uyqu) to‗g‗ri keladi. 
Odatda uyquni maksimal chuqurligi har bir siklda tongga yaqin pasayadi. Va 
ertalabki soatlarda to‗rtincha fazaga yetib kelmaydi.


181 
Elektrofiziologik o‗zgarishlardan tashqari, sekin uyqu uchun ma‘lum bir 
metabolitik, vegetativ va gormonal o‗zgarishlar ham xosdir. Masalan, uyqu paytida 
organizmda bedorlik davrida oshgan katabolizmni kompensasiyalashga yo‗naltirilgan 
jadal anabolitik jarayonlar kechadi. Ushbu kompensator funksiyaning muhim 
komponenti bo‗lib, oqsil makromolekulalarini sintezi hisoblanadi. Uyqu vaqtida 
anabolitik gormonlarning (o‗sish gormoni, prolaktin) ekskresiyasi ortadi, 
parasimpatik asab tizimining tonusi ortadi va b. Sekin uyqu vaqtida ham mushak 
tonusi pasayadi, nafas va puls chastotasi turlicha bo‗ladi. Uyg‗onishni chegarasi 
birinchi bosqichdan to‗rtinchi bosqichgacha ortadi. Shuning uchun sekin uyqu 
davrida ko‗pchilik odamlar tush ko‗rmaydilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin