G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Yosh bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

6.4. Yosh bolalar oliy asab faoliyatining xususiyatlari 
Bolalarning bosh miyasi yoshiga qarab ayrim o‗zgarishlarga uchraydi. Bolalar 
bosh miyasi ular rivojlanishining birinchi yillarida tez taraqqiy etadi. Yosh bolalar, 
ayniqsa, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miyaning sirtqi tomoni yaxshi 
rivojlanmagan bo‗lib, katta pushtalarni bir-biri bilan qo‗shib turadigan va katta 
pushtalardan ajralib chiqadigan mayda pushtalar bo‗lmaydi. Bunday mayda pushtalar 
6 oydan keyingina paydo bo‗la boshlaydi. Bolaning bosh miyasining og‗irligi 8-9 
oylik bo‗lganda yangi tug‗ilgan paytdagiga nisbatan ikki martaga, 3 yoshga kirganda 
– uch martaga ko‗payadi. Bosh miya yarim sharlarining po‗stlog‗i ham katta 
odamlarnikidan farq qiladi. 1 yoshdan 8 yoshgacha bo‗lgan bolalarda po‗stloq 
kattalarnikiga nisbatan yupqaroq bo‗ladi. Shu bilan birga, ayrim hujayralar 
qavatidagi asab hujayralar juda zich joylashgan. Bola 6-7 yoshga yetgach miya 
po‗stlog‗ining qavatlari aniq shaklga ega bo‗lib, olti qavatli shaklga kiradi. 


196 
Bolalarda shartli reflekslar hosil qilish uchun katta odamlarda qo‗llaniladigan 
usullardan foydalanib bo‗lmaydi. Ba‘zi shartli reflekslar bola tug‗ilgandan keyin 
birinchi kunlardanoq hosil bo‗lishi mumkin. Bir oy o‗tgach shartli refleks hosil qilish 
osonlashadi, ayniqsa, ovqat yeyishga oid reflekslar juda ko‗p hosil bo‗ladi. Masalan, 
chaqaloqni emizish paytidagi kabi holatda ushlab turilsa, u og‗zini ochib, boshini 
ikki tomonga aylantiradi va lablarini so‗ra boshlaydi. Oradan 1,5-2 oy o‗tgach 
yorug‗lik va tovushlarga javoban vujudga keladigan harakatlar reflekslari hosil 
bo‗ladi. 6-oydan boshlab sezuv a‘zolari orqali shartli reflekslar hosil qilish mumkin. 
Bola 1 yoshga to‗lgach, buyumlarning harakati, ranglari va shakllarini farqlay 
boshlaydi, mexanik va harorat ta‘sirlarni bir-biridan ajratadi. 
Tashqi muhit bilan aloqa qilish natijasida bola so‗zlashga o‗rgana boshlaydi. 
Odatda birinchi yoshning oxiri, ikkinchi yoshning boshlaridan bola ayrim gaplarni 
«tushunadigan» va ba‘zi bir so‗zlarni gapiradigan bo‗ladi, bunda, uning «tushunishi» 
so‗zlashidan ilgariroq taraqqiy etadi. Bola dastlab qiyqira boshlaydi, keyinchalik 
ayrim so‗zlarni talaffuz qilishni o‗rganadi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi 
yoshning boshlaridan bola so‗zlarni «tushunishi» natijasida, ma‘lum bir ma‘noga ega 
bo‗lgan so‗zlarni gapira boshlaydi. Ikkinchi yoshning oxirida esa, ayrim 
tovushlardan butun so‗zlar tuzadi. Ma‘noga ega so‗zlarning vujudga kelishi ikkinchi 
tartibli signal tizimining taraqqiy etishi natijasida amalga oshadi. 


197 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin