G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Odam oliy asab faoliyatini tipologik xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

6.3. Odam oliy asab faoliyatini tipologik xususiyatlari 
Inson bolalik davridanoq shaxs sifatida shakllana boshlaydi va bunda, uning 
bolalar jamoasiga qo‗shilish davri muhim rol o‗ynaydi. Bu jarayonda bola duch 
keladigan qiyinchiliklar va muvaffaqqiyatsizliklar kelajakda uni o‗z atrofidagilar 
bilan chiqisha olmasligiga, ba‘zan esa, hatto kasal bo‗lib qolishiga ham olib kelishi 
mumkin. Natijada, bola o‗ziga ishonmaydigan va atrofidagilarga loqayd bo‗lib 
o‗sadi. Reaksiyalari sust bo‗lgan va boshqalar bilan o‗ynashga yaxshi o‗rganmagan 
bolaning jamoaga qo‗shilishi juda qiyin kechadi. 
Bola tomonidan hayotning birinchi yillarida o‗zlashtiriladigan ma‘lumotlarning 
miqdori, keyinchalik uni umri davomida olgan axborotlaridan ko‗p bo‗ladi. Shu 


195 
tufayli ham, bolani atrof-muhit ta‘sirotlaridan ajratmasdan, aksincha, uni ushbu 
muhit bilan munosabatlarini osonlashtirgan holda, qabul qiladigan ma‘lumotlarni 
o‗zlashtirish va singdirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bergan holda tarbiya 
qilish kerak. Bolaning asab tizimi behisob ma‘lumotlarni qabul qilish va 
o‗zlashtirishga moslashgan bo‗ladi. Agar, ushbu tabiiy ehtiyojlar qondirilmasdan 
bolaning harakatlari cheklanib qo‗yilsa, bolaning rivojlanishiga va oliy asab 
faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Odamzot jamiyatdan ajralgan holda va boshqa insonlar bilan muloqotdan 
mahrum bo‗lsa, unda ikkinchi signal tizimi rivojlanmaydi. Demak, ijtimoiy hayot 
bilan ikkinchi signal tizimi uzluksiz bog‗liqdir. Odamlar jamiyatidagina, inson shaxs 
sifatida shakllanadi, uning ichki qiyofasi boshqa odamlar bilan bo‗lgan muloqotda 
shakllanadi va shu jarayonda odam o‗z hatti-harakatlari bilan ma‘lum bir 
chegaralarni aniqlaydi, o‗z xulq-atvorini boshqa odamlar tomonidan baholanishiga 
ahamiyat beradi hamda uni, jamiyat talablariga moslab monandlashtirishga intiladi. 
Insonlarga ma‘lum bir guruh a‘zosi bo‗lish xos bo‗lib, ushbu guruhning o‗zi 
to‗g‗risidagi fikriga qiziqadi va ularning talablariga itoat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin