Seksologiya - jinsiy aloqa tо‗g‗risidagi ilmiy tadqiqotlar va bilimlar sohasi.
Senestopatiya - turli-tuman yoqimsiz, kо‗ngilsiz hissiyotlarni, badanning qaqshab
og‗rib turishini, qitiqlanish, chimchilanishni his etish.
Sensor organlar - ma‘lum ta‘sirotlarni qabul qilishga moslashgan maxsus sezgi
organlari, masalan, kо‗z, quloq, ta‘m bilish, hid bilish organlari va hokazo.
Sinaps - ikkita neyron yoki nerv va muskul tutashgan joy. Ular orqali nerv impulslari
о‗tadi. Bu atama birinchi marta 1897 yili Charlz Sherington tomonidan kiritilgan.
Stereotip - biror jarayonning о‗zgarmagan holda qaytarilishi, bir maromda
takrorlanishi.
Stress - odam va hayvonlarda kuchli ta‘sirotlar natijasida rо‗y beradigan zо‗riqish
holati. Atama vash u konsepsiyaning (1936) muallifi Gans Selye bо‗yicha stress-bu
organizmning fizikaviy, ruhiy kabi har qanday ta‘sirotga bо‗lgan nospetsifik
neyrogumoral reaksiyasi.
Sо‘lak - sо‗lak bezlarining og‗iz bо‗shlig‗iga ajratadigan tiniq, rangsiz, hidsiz
suyuqligi. Odamda sutka davomida 1,5-2 l sо‗lak ajraladi. Tarkibi, asosan suv (98,5-
99,5 %) va unda erigan tuzlar, gazlar, organik birikmalar, leykotsitlar, amilaza va
maltaza fermentlari hamda boshqa moddalardan tashqil topgan.
Sо‘lak ajralishi - shartsiz va shartli reflekslar yо‗li bilan sо‗lak ajralib chiqishi.
Sо‘lak bezlari - quloq oldi, jag‗ osti vat il osti bezlari. Asosan og‗iz bо‗shlig‗iga
sо‗lak ajratadi.
Sensor tip - dunyoni tо‗laqonli anglashga harakat qiladi. Ranglardan, hiddan,
ta‘mdan, kо‗rinishdan estetik zavq va yaxshi kayfiyat oladi. Kelajakni qiyinchilik
bilan tasavvur etadi.
Sensitiv tip - kо‗r-kо‗rona odamgarchilik, tortinchoqlik xosdir. Sensitiv о‗smirlar
katta va yangi ulfatlarga qо‗shilishdan qochishadi, tengqurlarining shо‗xliklarida va
qaltis ishlarida qatnashmaydilar, yosh bolalar bilan о‗ynashni afzal kо‗radilar.