G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik


Mantiqiy tip
- tashqi dunyoni sezgi va mulohazalar orqali idrok etadi. Ular har 
tomonlama fikrlaydi va narsa va voqealarning asosiy negizini ajrata oladi va 
tushunadi. Ularda yaxshi va yomon degan aniq tushunchalar rivojlangan. Mantiqiy 
tipidagi odamlar sezgi —hissiyotlariga ahamiyat bermaydi.

Nevroz
- ruhiy faoliyat buzilishi bilan ifodalanadigan nerv sistemasining funksional 
kasalliklari guruhi. 
Neyroleptiklar
- nerv sistemasi funksiyasiga о‗ziga xos susaytiruvchi ta‘sir 
kо‗rsatuvchi farmakologik moddalar guruhi. 
Nuklein kislotalar
- nukleotidlardan tashqil topgan yuqori molekulali organik 
birikmalar. Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlaydi va avloddan avlodga 
о‗tkazadi. F.Misher 1868 y. da hujayra yadrosidan topgan. Ikki tip (RNK va DNK) 
nuklein kislotalar tafovut etiladi. 
Nevrasteniya
- katta yarim sharlar pо‗stlogida tormozlanish yoki aksincha, 
qо‗zg‗alish jarayonlarining о‗ta kuchlanishi bilan tasniflanadi. Kо‗pincha 
nevrasteniyada shartli tormozlanish jarayonlari izdan chiqadi. Buning sababi о‗ta 
kuchli bо‗lgan jismoniy va aqliy zо‗riqishlar va ruhiyatga ta‘sir qiluvchi holatlarning 
paydo bо‗lishidir. Nevrasteniya vaqtida uyqu buziladi, ishtaha yо‗qolib yurak 
о‗ynaydi, qattiqi terlash, ish qobiliyatining keskin pasayishi kuzatiladi. Bu 
holatlardagi odamlarga ortiqcha harakatlar va shoshqaloqlik xosdir.

Ovqat
– turli oziq moddalardan iborat taom, organizmning energetik ehtiyojini 
qoplash, о‗sishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun qabul qilib turiladi. Uning 
tarkibida asosiy oziq moddalar – oqsillar, yog‗lar va uglevodlardan tashqari mineral 
tuzlar, vitaminlar va suv bо‗ladi. 


200 
Ovqatlanish
- tiriklikni ta‘minlash maqsadida oziq moddalar, suv, mineral tuzlar va 
vitaminlarni qabul qilishdan iborat murakkab jarayonlar majmuasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin