M Mantiqiy tip - tashqi dunyoni sezgi va mulohazalar orqali idrok etadi. Ular har
tomonlama fikrlaydi va narsa va voqealarning asosiy negizini ajrata oladi va
tushunadi. Ularda yaxshi va yomon degan aniq tushunchalar rivojlangan. Mantiqiy
tipidagi odamlar sezgi —hissiyotlariga ahamiyat bermaydi.
N Nevroz - ruhiy faoliyat buzilishi bilan ifodalanadigan nerv sistemasining funksional
kasalliklari guruhi.
Neyroleptiklar - nerv sistemasi funksiyasiga о‗ziga xos susaytiruvchi ta‘sir
kо‗rsatuvchi farmakologik moddalar guruhi.
Nuklein kislotalar - nukleotidlardan tashqil topgan yuqori molekulali organik
birikmalar. Tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlaydi va avloddan avlodga
о‗tkazadi. F.Misher 1868 y. da hujayra yadrosidan topgan. Ikki tip (RNK va DNK)
nuklein kislotalar tafovut etiladi.
Nevrasteniya - katta yarim sharlar pо‗stlogida tormozlanish yoki aksincha,
qо‗zg‗alish jarayonlarining о‗ta kuchlanishi bilan tasniflanadi. Kо‗pincha
nevrasteniyada shartli tormozlanish jarayonlari izdan chiqadi. Buning sababi о‗ta
kuchli bо‗lgan jismoniy va aqliy zо‗riqishlar va ruhiyatga ta‘sir qiluvchi holatlarning
paydo bо‗lishidir. Nevrasteniya vaqtida uyqu buziladi, ishtaha yо‗qolib yurak
о‗ynaydi, qattiqi terlash, ish qobiliyatining keskin pasayishi kuzatiladi. Bu
holatlardagi odamlarga ortiqcha harakatlar va shoshqaloqlik xosdir.
O Ovqat – turli oziq moddalardan iborat taom, organizmning energetik ehtiyojini
qoplash, о‗sishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun qabul qilib turiladi. Uning
tarkibida asosiy oziq moddalar – oqsillar, yog‗lar va uglevodlardan tashqari mineral
tuzlar, vitaminlar va suv bо‗ladi.
200
Ovqatlanish - tiriklikni ta‘minlash maqsadida oziq moddalar, suv, mineral tuzlar va
vitaminlarni qabul qilishdan iborat murakkab jarayonlar majmuasi.